BorisovBelarusning Minsk viloyatidagi shahar (1795-yil dan). Borisov stansiyasi. Berezina daryosi boʻyidagi pristan. Aholisi 150,7 ming kishi (1999). Mashinosozlik ("Ekran" ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), yogʻochsozlik, kimyo va kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari ishlab turibdi. Musika asboblari, billur ishlab chiqariladi. Oʻlkashunoslik muzeyi bor. B. ga 1102-yilda asos solingan, 12a, oxirida Litva, soʻngra Polsha, 1793-yildan Rossiya imperiyasi qoʻl ostida.

Borisov (2013)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil