Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga ega boʻlgani bilan, tarkibidagi moddalardan farq qiladi.

Poʻlat eng keng qoʻllaniladigan qotishma boʻlib, temirni 0.02-1.7% massali uglerod bilan aralashtirish natijasida hosil qilinadi.

Bir metalldan yasalgan qotishma shu metall xossalarini yaxshilaydi. Masalan, poʻlat uning asosiy masalligʻi - temirdan mustahkamroqdir. Odatda qotishmalar ularning masalliqlarini eritib, aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishmalar mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va qurilish sanoatlarida qoʻllaniladi.

Qotishmalar tahrir

Keng miqyosda ishlab chiqariladigan qotishmalarga quyidagilar misol boʻladi:

Qotishma nomi Tarkibi Xossasi Qoʻllanilishi
Bronza 80 – 92% Cu
2%Zn
6%Sn, Al, Pb, Si
Qattiq Mashina qismlari, qurollar, sanʼat asarlari
Jez 60 – 90% Cu
40 – 10% Zn
Yemirilishga barqaror, egiluvchanligi yuqori Mashina ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida, xoʻjalik buyumlar ishlab chiqarishda
Melxior 70 – 80% Ni
18 – 30% Cu, Fe, Mn aralashmasi
Yemirilishga barqaror, koʻrinishi chiroyli yaltiroq Tibbiy texnika, turmushda qoʻllaniladigan idishlar, zargarlik buyumlari
Dyuralyuminiy 80 – 95% Al
13 – 1,5% Cu
0,5% Mg
0,5% Mn va boshqalar
Bardoshli, yengil Aviatsiyada, velosiped qismlari va boshqalar
Monel-metall 65 – 70% Ni
30% Cu, Fe, Mn aralashmalari
Yemirilishga barqaror, ishqalanishga chidamli Kimyo, neft sanoatida, tibbiyotda, kema, moneta yasashda ishlatiladi
Zanglamaydigan poʻlat 60 – 80% Fe
10 – 20% Cr
8 –20% Ni va boshqalar
Mexanik barqarorlik, yemirilishga barqaror Xirurgiya asboblari, idish-tovoqlar
Nixrom Ni, Cr, Fe, Mn Yuqori elektrli toʻsiq, yuqori haroratga chidamli Elektr qizdirish elementlari

Havolalar tahrir