Ryan Rodney Reynolds  (23-oktabr 1976-yilda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va film produser. U o'zining aktyorlik karyerasini Hillside (1991–1993) o'smirlar uchun seriali orqali boshlagan, o'shandan so'ng turli xil kichik rollar bilan kifoyalangan va nihoyat Two Guys and a Girl nomli sitkomda 1998 - 2001 yillar oralig'ida bosh rolni o'ynagan. Reynolds shundan so'ng turli xil filmlarda rollar ijro etgan, xususan National Lampoon's Van Wilder (2002) kabi komediya, Waiting... (2005), va The Proposalfilmlari kabi. Bulardan tashqari u dramatik rollarda ham o'zini sinab ko'rgan: Buried (2010), Woman in Gold (2015), va Life (2017), sarguzasht filmalarda: Blade: Trinity (2004), Green Lantern (2011), 6 Underground (2019), va Free Guy (2021) rol ijro etgan bo'lsa, The Croods film series (2013–2020), Turbo (2013), va Pokémon: Detective Pikachu (2019) kabi animatsion filmlarni ovozlashtirgan.

Ryan Reynolds

Reynolds Deadpool 2 filmi jahon premyerasida (2018-yil)
Tavalludi
Ryan Rodney Reynolds

23-oktyabr 1976-yil (1976-10-23) (47 yosh)
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
  • Aktyor
  • film produser
Faoliyat yillari 1991—hozirgacha
Bolalari 3

Reynoldsga moliyaviy tarafdan muvafaqqiyat olib kelgan kino 20th Century Fox ning X-Men filmlaridan Deadpool (2016) hamda Deadpool 2 (2018), bo'lib, ushbu kinolarda u title character qahramonini gavdalantiradi. Bu filmlar R-rated komediya sifatida namoyish etilganida muvaffaqiyatga erishdi va uning bu filmlarda ishtiroki Critics' Choice Movie Awards va Golden Globe Awards nominatsiyalarida g'olib deb topildi.

Reynolds People' jurnali tomonidan 2010-yilda "Sexiest Man Alive" ro'yxatiga kiritilgan va 2017-yilda Hollywood Walk of Fame tomonidan yulduz bilan taqdirlangan. Tadbirkor sifatida, Mint Mobile da o'z boshqaruv ulushiga ega va Uels football klubini ham sheriklik aosida boshqaradi- Wrexham A.F.C.; shu biznesi haqida Welcome to Wrexham deb nomlangan hujjatli film olingan. 2020-yilda, Reynolds Aviation Gin dagi ulushini Diageo ga $610 million evaziga sotadi .[1] U yana Match Group boshqaruv majlislarida ham qatnashadi.[2]

Yoshligi tahrir

Ryan Rodney Reynolds 1976-yil 23-oktyabrda, Vancouver, British Columbia da tug'ilgan. U 4ta o'g'il fatzandning eng kichigi . Uning otasi, James Chester Reynolds, Royal Canadian Mounted Police da hizmat qilgan va keyinchalik nafaqaga chiqqan shundan buyon u ovqat marketing sohasida ishlab keladi.[3][4][5] Onasi, Tamara Lee (née Stewart) ulgurji savdoda ishlagan.[6][7] Reynoldsning ikkala akasi ham British Columbiada qonunni himoya qilish sohasida ishlaydi, ikkalasidan biri RCMPga otasining kasbini davom ettirish uchun kirgan.[8][9] Uning ota tomondan bobosi, Chester Reynolds, fermer bo'lgan Albertadagi Stettler 1940-44-yillar davomida faoliyat olib borgan.[10] Reynoldsning ajdodlari Irlandiya va Shotlandiyaga borib taqaladi, Vancouverdagi Kitsilano mahallasida Rim katolik cherkovida tarbiylanadi.[11][12]

Reynolds 13 yoshidan boshlab kino sohasida ijod qiladi. U Kitsilano o'rta maktabini 1994-yilda bitirgan, u yerda aktyor Joshua Jackson bilan maktabdosh bo'lishgan.[13] .[14] Reynolds bir nechta Tv seriallarida kichik rollarni ijro etgan, ammo rol o'ynash fikridan qaytib Kwantlen Politexnika Universitetida o'qish uchun rol o'ynash karyerasini to'xtatgan. Bir necha oy o'tib u Chris William Martinni uchratib qoladi, u Reynoldsni fikridan qaytishiga va u bilan Los Angelesga ko'chib o'tishiga ko'ndiradi.[15][16]



Reynolds 2008-yilda Scarlett Johansson bilan turmush qurgan va 2011-yilda ajrashishgan. U 2012-yilda Blake Lively bilan turmush qurdi hamda hozirga qadar uch farzandning otasi sanaladi.

Manbalar tahrir

  1. „Ryan Reynolds Sells His Gin Brand in $610 Million Deal“ (en-US) (2020-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
  2. Weprin, Alex „Ryan Reynolds, Wendi Murdoch Join Board of Match, Tinder Parent Company“ (en-US). The Hollywood Reporter (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
  3. „Ryan Reynolds bio“. Tribute Entertainment Media Group. 2009-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-mart.
  4. „Ryan Reynolds remembers late father with touching photo tribute“ (2015-yil 28-oktyabr). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Ryan Reynolds' father dies at 74“. USA Today (2015-yil 28-oktyabr). 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-sentyabr.
  6. „Weddings Reynolds – Stewart“ (1964-yil 13-aprel). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-dekabr.
  7. „Births & Deaths STEWART Peggy“ (2000-yil 12-sentyabr). 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-dekabr.
  8. „About Ryan Reynolds“. 2008-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-may.
  9. „Ryan Reynolds almost copped it“. The Sydney Morning Herald. 2014-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-oktyabr.
  10. Wallis, Adam „Ryan Reynolds thanks Global Edmonton's Gord Steinke for showing him old photo of grandfather“. Global News (2020-yil 3-mart). Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  11. Posner, Michael „Ryan Reynolds' Disappearing Act“. enRoute (Air Canada's inflight magazine) (2007-yil 1-sentyabr). — „Reynolds grew up in an Irish-Catholic household in the Vancouver neighbourhood of Kitsilano. As a child, he went to church regularly“. 2010-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyun.
  12. „Ryan Reynolds“. 2012-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-yanvar.
  13. {{Reynolds has been involved in acting since age thirteen. He graduated from Kitsilano Secondary School in 1994, which he attended with actor Joshua Jackson
  14. „Best Kisser On 'Dawson's Creek'? Katie Holmes Won't Tell (But Ryan Reynolds Will)“. ET Canada (2016-yil 18-fevral). 2021-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
  15. „Ryan Reynolds Biography“. Yahoo! Movies. 2011-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-may.
  16. MacIntosh, Andrew; Williams, Paul „Ryan Reynolds“ (2012-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.

Havolalar tahrir