Zamonshoh (7-1810) — Afgʻoniston shohi (17931800). Ahmadshoh Durroniynmnt nabirasi, Temurshohning oʻgʻli. 1796 yilda Hindistonning ichki ishlariga aralashib boburiylardan Shoh Olamni marathalar qoʻlidan xalos etish uchun Dehliga qarab yurgan. Bu harakat Hindistondagi inglizlarni sarosimaga solib qoʻygan. 3. Dehliga yetib bormay, oʻz poytaxti Kobulga qaytib kelganda xalq gʻalayon koʻtargan. 3. barakzoi qabilasi boshligʻi Sarafrozxon yordamida taxtga chiqqan edi, lekin 1799 y. u Sarafrozxonni qatl qilishga hukm qilgan, bu bilan taxtga daʼvogar ukasi Mahmud tomoniga oʻtgan barcha barakzoilarni oʻziga qarshi qoʻygan. Sarafrozxonning oʻgʻli, barakzoilar rahbari Fathxon, Z.ni qoʻlga tushirib, koʻzini oʻyib olishni buyurgan (1800); taxtga Mahmudshoh oʻtirgan[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil