O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi
Ushbu sahifani [[{{{1}}}]]ga qayta nomlash taklif etiladi.
Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi(kelgusida BQ) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi bojxona ma'muriyatchiligi soxasida vakolatli huquqni muhofaza etuvchi organ. Asosiy vazifalariga bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, tashqi savdo va trans-chegaraviy tovar aylanmasini statistikasini yuritish, kontrabandaga qarshi kurashish kiradi.
Fayl:Qo'mitaGerbi.svg | |
Qisqartma | BQ |
---|---|
Turi | Iqtisodiy, Huquqiy, Harbiy |
Maqomi | Qo‘mita |
Shiori | "Shaffoflik zamirida iqtisodiy xavfsizlik" |
Ishga tushgan sanasi | 1991 yil 24 oktyabr |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Qo‘mita raisi | Mavlonov Akmalxuja |
Ishchilar soni | 4200 dan ortiq |
Vebsayti | customs.uz/uz |
Til(lar)i | Oʻzbek tili |
Tarixi
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991-yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iqtisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9 sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi.
BQ maxsus belgilari
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son qaroriga asosan BQ quydagi farqlash belgisi va bayrog'i tasdiqlandi:
-
Qo'mitaGerbi.svg O'zbekiston Respublikas Bo'jxona organlari ramzi
-
Bayroq UZB customs.jpg O'zbekiston Respublikas Bo'jxona organlari bayrog'i
Tashkiliy tuzilishi
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasi
Raislar
- Militsiya general-mayori Uraim Abdugʻaniyev
Rais | Unvoni | Xizmat davri |
---|---|---|
Abgʻaniyev Uraim Abgʻaniyevich | Militsiya - General-mayori | 01.08.1992-18.01.1994 |
Alimbayev Sabit Axmadovich | Bojxona xizmati - General-mayori | 18.07.1994-15.07.1997 |
Komilov Oʻtkir Tolipovich | General-mayori | 11.07.1997-27.01.2000
15.01.2001-24.04.2002 |
Aripov Said-Azim | Bojxona xizmati - General-mayori | 16.02.2000-17.01.2001 |
Haydarov Ravshan Haydarovich | Ichki xizmat - General-mayori | 16.05.2002-30.11.2002 |
Parpiyev Botir Raxmatovich | General-mayori | 03.12.2002-06.02.2004 |
Matlyubov Baxodir Axmedovich | General-leytenant | 17.02.2004-05.01.2006 |
Nasirov Sadirxon Xalxojayevich | Bojxona xizmati - General-mayori | 05.01.2006-01.02.2011 |
Dusanov Zoxid Abdukayumovich | Bojxona xizmati Polkovnigi | 20.12.2016-13.02.2018 |
Azimov Murotjon Berdaliyevich | Bojxona xizmati - General-mayori | 13.02.2018-18.11.2021 |
Akmalxuja Yusupovich Mavlonov | Bojxona xizmati - General-mayori | 18.11.2021- h/v |
Yana qarang
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi