Geologiya fanlari universiteti – bu geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun respublikaning tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi, togʻ-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasi[1].

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
(GFU)

Universitet logotipi
Xalqaro nomi University of Geological Sciences
Asos solingan 2020-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Isoqov Maqsud Uzoqovich
Talabalari 1 700 dan ortiq[1]
Fakultetlar 2
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani, Olimlar koʻchasi, 64-uy
Vebsayti https://uzgeouniver.uz/

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi №PQ-4740-sonli[2] qaroriga muvofiq quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:

  • Geologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining zamonaviy talablariga moslashtirish geologiya sohasida taʼlim, fan va amaliyotning organik aloqasini kerakli darajada taʼminlash.
  • Yer haqidagi fanlarni, xususan ularning fundamental yoʻnalishlarini amaliyot bilan haqiqiy integratsiyasi uchun sharoit yaratish.
  • Tabiiy fanlar bilim sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini joriy etish kadrlar tayyorlash tizimida moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish bilan vijdonan va yuqori malakali ishchilarni oliy oʻquv yurtlariga jalb qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat gealogiya va mineral resurslar qo'mitasi tizimidagi GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida 02.03.2022 yildagi PQ-154-sonli qarori.

Tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi №PQ-4740-sonli qaroriga binoan tashkil topgan[2][1]. 2021-yil yanvar oyida Toshkent shahridagi Olimlar shaharchasida joylashgan universitet kampusi qurilishi yakunlangan. Universitetda tarkibida 3 ta fakultet, 10 ta kafedra mavjud, bakalavr yoʻnalishining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarining 7 ta taʼlim yoʻnalishi va 4 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlaydi. Universitetda 65 nafar professor, 11 nafar fan doktori, 33 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi.


Geologiya muzeyi

Muzeylar insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat namunalarini o‘zida jamlab keladi va kelajak avlodlar uchun o‘tmish va madaniyat haqida yetarlicha tasavvur beradi. Lekin shunday soha muzeylari ham borki, ular tabiat in'om etgan go‘zalliklarni o‘zida jamlaydi. Shunday madaniy muassasalardan biri Toshkent shahrida joylashgan Geologiya muzeyidir.[3]

O‘zbekiston davlat Geologiya muzeyi 1926-yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda 12 ta ko‘rgazma zallariga ega. Ko‘rgazma zallarida Yerning geologik o‘zgarish bosqichlari, geologik davrlar izi qoldiqlari, qadimgi tog‘-kon sanoat qazilmalari, qadimgi jonzotlar, dinozavrlar qoldiqlari, ularning tosh qotgan qadam izlari, toshlarda abadiylikka muhrlanib qolgan boshqa jonzotlar va asosiysi, O‘zbekistonning geologik boyligi va turfa xilligiga guvoh bo‘lish mumkin.[3] Batafsil


Ilmiy tadqiqot institutlari

Mineral resurslar instituti

Mineral resurslar instituti qattiq foydali qazilma konlarini ilmiy prognozlash, yangi istiqbolli hududlarni aniqlash va xaritalarni raqamlashtirish bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi.

Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institut

Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti neft va gaz konlarini prognozlash va zaxiralarni hisoblash bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi va geoekologiya sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi.

X.M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti

X.M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti yer qobig‘ining geologik tuzilishi va tarkibini o‘rganish bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib boradi.

Fakultetlar

# Fakultetlar nomi
1 Neft va gaz konlari geologiyasi
2 Foydali qazilma konlari geologiyasi
3 Qoʻshma taʼlim dasturi markazi (Fakultet)


Kafedralar

# Kafedralar
1 Aniq va tabiiy fanlar
2 Ijtimoiy fanlar, oʻzbek tili va sport ishlari
3 Neft va gaz geologiyasi
4 Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
5 Iqtisodiy geologiya
6 Umumiy geologiya
7 Foydali qazilma konlari geologiyasi
8 Mineralogiya, petrografiya va geokimyo
9 Foydali qazilma konlarini izlashning geofizik usullari
10 Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
11 Qoʻshma taʼlim Qoʻshma


Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (Kunduzgi)

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 60530500 Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha)
3 60530500 Geologiya (neft va gaz geologiyasi)
4 60710400 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
5 60721700 Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
6 60722300 Geologiya-qidiruv ishlari tehnikasi va tehnalogiyasi
7 60722500 Geodeziya, Kartografiya va Kadastr (funksiylari boʻyicha)

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (Sirtqi)

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 60530500 Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha)
3 60530500 Geologiya (neft va gaz geologiyasi)
4 60710400 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
5 60721700 Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
6 60722300 Geologiya-qidiruv ishlari tehnikasi va tehnalogiyasi
7 60722500 Geodeziya, Kartografiya va Kadastr (funksiylari boʻyicha)

Magistratura

Magistratura
# Shifr Mutaxassisliklar
1 70310102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 70530512 Geologik syomka va foydali qazilmlar konlarni qidirish
3 70721612 Geofizika foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usulari
4 70721701 Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruv va razvetkasi

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim

Geologiya fanlari universiteti
# Shifr Vazirlik, idoralar, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari nomi
1 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 60530500 Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha)
3 60710400 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
4 60710600 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha)
5 60721700 Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi

Rektorlar

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 „Geologiya fanlari universiteti“. uzgeouniver.uz. Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64-uy: Geologiya fanlari universiteti. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.06.2020-yildagi PQ-4740-son“. lex.uz. Тошкент шаҳар, Миробод тумани, Амир Темур шоҳкўчаси, 19-уй.: Lex uz (2020-yil 9-iyun). Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 „Geologiya Muzeyi“. uzgeouniver.uz. Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64-uy: Geologiya fanlari universiteti. Qaraldi: 16-mart 2024-yil.

Havolalar