Maymunlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Maymunlar (Simia) - primapiar turkumiga mansub yuksak rivojlangan sut emizuvchilar kenja turkumi. Odam ham shu kenja turkumga kiradi. M.lar keng va tor burunli M.lar guruhiga bulinali. Keng burunli M. Markaziy va Janubiy Amerikada, tor burunli M. Osiyo va Afrikada tarqalgan. Tor burunli M. martishkalar va odamsimon M. oilasiga boʻlinali. Odamsimon M.ga shimpanze, gorilla, orangutan, gibbon kiradi. M. gavdasining uzunligi 16 sm dan (oʻynoqi maymunlar) 2 m gacha (gorilla). Vazii 400 g dan 200 kg gacha. Daraxtda va yerda hayot kechiradi. Koʻpchilik M. qoʻl va oyogʻining bosh barmogʻi boshqa barmoqlariga qarama-qarshi joylashgan boʻlib, daraxtlar shoxiga osilishga va buyumlarni ushlashga moslashgan. Barmoqlarida tirnoqlari bor; oʻmrov suyagi rivojlangan. M.ning koʻrish, eshitish va tuygʻu organlari yaxshi rivojlangan, hidni yaxshi sezmaydi. Bosh miyasi nisbatan yirik, bosh miya katta yarim sharlari yuzasida burmalar koʻp. Kalla qutisi skeleti yuz skeletiga nisbatan yirik. Mimika muskullari yaxshi rivojlangan. Tishlarining tuzilishi, soni, joylashishi odamnikiga oʻxshash. Lekin kurak tishlarining birmuncha yirik uzunroq va liastemasi (tish oraligʻi) boʻlishi bilan odamnikidan farq qiladi. Dumlari uzun (koata) yoki rudiment holatda (odamsimon maymunlar). Keng burunli maymunlar dumi gajaksimon shaklda. Urgʻochilarining sut bezlari bir juft, koʻkragida joylashgan. M. gala boʻlib yashaydi. Boʻgozlik davri 3—9 oy. 1—2 ta bola tugadi. Tutqinlikda ham koʻpayadi. M., asosan, oʻsimlik va mevalar bilan oziqlanadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |