McBurney nuqtasi — qorinning oʻng tomonida joylashgan boʻlib, oʻng yonbosh suyagi oldingi yuqorigi oʻsimtasidan kindikgacha boʻlgan masofaning uchdan bir qismidagi nuqtaga aytiladi.

McBurney nuqtasining joylashuvi (1), kindikdan (2) oʻng yonbosh suyagi oldingi yuqorigi oʻsimtasigacha boʻlgan masofaning uchdan ikki qismida joylashgan(3)[1][2]

Joylashuvi

tahrir

McBurney nuqtasi oʻng yonbosh suyagining oldingi yuqori oʻsimtasidan kindikgacha boʻlgan masofaning uchdan bir qismida joylashgan boʻlib[3][4], bu nuqta, asosan koʻrichakning appendiks oʻsimtasi asosining joylashuviga toʻgʻri keladi[5].

Klinik ahamiyati

tahrir
 
Ovqat hazm qilish tizimining boshqa organlariga nisbatan appendiksning normal joylashishi (oldindan koʻrinishi).

Appenditsit

tahrir

McBurney simptomi sifatida tanilgan McBurney nuqtasidagi chuqur ogʻriqlar oʻtkir appenditsitning belgisidir[3][6][7]. McBurney nuqtasiga nisbatan sezgirlikning oʻziga xos lokalizatsiyasi shuni koʻrsatadiki, yalligʻlanish endi ichak oʻsimtasi bilangina cheklanib qolmay, balki qorin pardaning appendiksga tegib turgan qavatida ham yalligʻlanish jarayonlari boshlanganidan dalolat beradi. McBurney nuqtasida sezilayotgan ogʻriqlar oʻtkir appenditsitning keyingi bosqichga oʻtayotgani va appendiksning yorilish ehtimoli tobora oshayotganini anglatadi. Qorin boʻshligʻidagi boshqa patologik jarayonlar ham baʼzida McBurney nuqtasida ogʻriq keltirib chiqarishi mumkin[8]. Shunday qilib, bu belgi klinik tashxislashda muhim hisoblanadi, lekin oʻtkir appenditsit tashxisini qoʻyish uchun yetarli boʻla olmaydi[8]. Appendiks oʻsimtasining joylashuvi oʻzgaruvchan (masalan, retrosekal appendiksda) boʻlgani uchun ham bu simptomni barcha appenditsit holatlarida qoʻllab boʻlmaydi. Koʻpgina ochiq appendektomiya amaliyotlarida (laparoskopik appendektomiyalardan farqli oʻlaroq) kesma McBurney nuqtasida amalga oshiriladi[9].

Psevdoanevrizma

tahrir

Aortadagi psevdoanevrizma asosan jarrohlik yoʻli bilan davolanadi va bunda McBurney nuqtasi, pastki qovurgʻalararo boʻshliqlar orasida kesma qilinadi[10].

Peritoneal dializ

tahrir

McBurney nuqtasi peritoneal dializ kateterini kiritish uchun eng qulay boʻlgan sohalardan biri hisoblanadi[11].

Tarixi

tahrir

Ushbu anatomik soha amerikalik jarroh Charles McBurney(1845-1913) sharafiga McBurney nuqtasi deb nomlangan[3][12].

Manbalar

tahrir
  1. Fasen, Geoffrey; Schirmer, Bruce; Hedrick, Traci L. (2019-01-01), Yeo, Charles J. (muh.), „Chapter 164 - Appendix“, Shackelford's Surgery of the Alimentary Tract, 2 Volume Set (Eighth Edition) (inglizcha), Philadelphia: Elsevier, 1951–1958-bet, doi:10.1016/b978-0-323-40232-3.00164-3, ISBN 978-0-323-40232-3, qaraldi: 2020-12-15
  2. Noel, Richard J. (2018-01-01), Kliegman, Robert M.; Lye, Patricia S.; Bordini, Brett J.; Toth, Heather (muh.), „12 - Vomiting and Regurgitation“, Nelson Pediatric Symptom-Based Diagnosis (inglizcha), Elsevier, 204–234.e1-bet, doi:10.1016/b978-0-323-39956-2.00012-1, ISBN 978-0-323-39956-2, qaraldi: 2020-12-15
  3. 3,0 3,1 3,2 Fasen, Geoffrey; Schirmer, Bruce; Hedrick, Traci L. (2019-01-01), Yeo, Charles J. (muh.), „Chapter 164 - Appendix“, Shackelford's Surgery of the Alimentary Tract, 2 Volume Set (Eighth Edition) (inglizcha), Philadelphia: Elsevier: 1951–1958, doi:10.1016/b978-0-323-40232-3.00164-3, ISBN 978-0-323-40232-3, qaraldi: 2020-12-15
  4. Noel, Richard J. (2018-01-01), Kliegman, Robert M.; Lye, Patricia S.; Bordini, Brett J.; Toth, Heather (muh.), „12 - Vomiting and Regurgitation“, Nelson Pediatric Symptom-Based Diagnosis (inglizcha), Elsevier: 204–234.e1, doi:10.1016/b978-0-323-39956-2.00012-1, ISBN 978-0-323-39956-2, qaraldi: 2020-12-15
  5. Kyung Won Chung. Gross Anatomy (Board Review). Hagerstown, MD: Lippincott Williams & Wilkins, 2005 — 255-bet. ISBN 978-0-7817-5309-8. 
  6. Noel, Richard J. (2018-01-01), Kliegman, Robert M.; Lye, Patricia S.; Bordini, Brett J.; Toth, Heather (muh.), „12 - Vomiting and Regurgitation“, Nelson Pediatric Symptom-Based Diagnosis (inglizcha), Elsevier: 204–234.e1, doi:10.1016/b978-0-323-39956-2.00012-1, ISBN 978-0-323-39956-2, qaraldi: 2020-12-15
  7. „Definition: McBurney's sign from Online Medical Dictionary“. Qaraldi: 2007-yil 6-dekabr.
  8. 8,0 8,1 Sifri, Costi D.; Madoff, Lawrence C. (2015-01-01), Bennett, John E.; Dolin, Raphael; Blaser, Martin J. (muh.), „80 - Appendicitis“, Mandell, Douglas, and Bennett's Principles and Practice of Infectious Diseases (Eighth Edition) (inglizcha), Philadelphia: W.B. Saunders: 982–985.e1, doi:10.1016/b978-1-4557-4801-3.00080-1, ISBN 978-1-4557-4801-3, qaraldi: 2020-12-15
  9. Prager, Elliot (2005-01-01), Fazio, Victor W.; Church, James M.; Delaney, Conor P. (muh.), „CHAPTER 46 - ACUTE APPENDICITIS“, Current Therapy in Colon and Rectal Surgery (Second Edition) (inglizcha), Philadelphia: Mosby: 259–262, doi:10.1016/b978-1-55664-480-1.50051-4, ISBN 978-1-55664-480-1, qaraldi: 2020-12-15
  10. Byrne, John; Darling III, R. Clement (2009-01-01), Evans, Stephen R. T. (muh.), „Chapter 59 - Aortic Surgery“, Surgical Pitfalls (inglizcha), Philadelphia: W.B. Saunders: 597–612, doi:10.1016/b978-141602951-9.50075-x, ISBN 978-1-4160-2951-9, qaraldi: 2020-12-15
  11. Soni, Sachin S.; Barnela, Shriganesh R.; Saboo, Sonali S.; Takalkar, Unmesh V. (2019-01-01), Ronco, Claudio; Bellomo, Rinaldo; Kellum, John A.; Ricci, Zaccaria (muh.), „Chapter 188 - Nursing and Procedure Issues in Peritoneal Dialysis“, Critical Care Nephrology (Third Edition) (inglizcha), Philadelphia: Elsevier: 1134–1136.e1, doi:10.1016/b978-0-323-44942-7.00188-6, ISBN 978-0-323-44942-7, qaraldi: 2020-12-15
  12. Prager, Elliot (2005-01-01), Fazio, Victor W.; Church, James M.; Delaney, Conor P. (muh.), „CHAPTER 46 - ACUTE APPENDICITIS“, Current Therapy in Colon and Rectal Surgery (Second Edition) (inglizcha), Philadelphia: Mosby: 259–262, doi:10.1016/b978-1-55664-480-1.50051-4, ISBN 978-1-55664-480-1, qaraldi: 2020-12-15