Mehnat mahallasi (ruscha: Мехнат) – Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Uzun tumaniga qarashli mahalla. Mehnat mahalla fuqarolar yigʻinida jami aholi soni 5240 tani tashkil qiladi. Ushbu mahallada quyidagi millat vakillari yashaydi va aholi soni quyidagicha: Tojiklar – 3234 kishi; oʻzbeklar – 1672 kishi; afgʻonlar – 310 kishi va boshqa millat vakillari yashaydi. Mehnat mahallasi fuqarolar tarkibiga 1 ta shaharcha va 2 ta qishloq kiradi: Mehnat shaharchasi, Surxonboshi va Terak qishloqlaridir. Mehnat mahallasi Bahoriston, Yangi roʻzgʻor, Guliston mahallalari hamda Denov tumanidagi A.Navoiy mahallasi bilan chegaradosh. „Mehnat“ mahalla fuqarolar yigʻini ahli mashgʻul boʻladigan asosiy kasb-hunar yoki boshqa faoliyat turlari asosan tadbirkorlik, bogʻdorchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi.

Mehnat
ruscha: Мехнат
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Uzun tumani
Hukumat
 • Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Karimov Olimjon
Avvalgi nomlari Ashoʻrjelon
Maydon 168 km2 (65 kv mi)
Aholisi
5 240 kishi
Milliy tarkib tojik, oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5

Manbalar

tahrir