Melba[1] (inglizcha: Peach Melba) — opera divasi Nelli Melba sharafiga 1892 yoki 1893-yillarda Auguste Escoffier (Londondagi Savoy mehmonxonasining fransuz oshpazi) tomonidan yaratilgan klassik muzqaymoq shirinligi. Shirinlik tozalangan shaftoli yarmi, malina sousi va vanilli muzqaymoq bilan tayyorlanadi.

Shirinlik Qoʻshma Shtatlarda XX-asrning boshidan beri mashhur boʻlib, u yerda eng mashhur shaftoli shirinligi hisoblanadi[2]. 13-yanvar Amerika Qoʻshma Shtatlarida Milliy „Melba shaftoli“ kuni[3].

Yaratilish tarixi

tahrir

1892-yilda Nelli Melba Kovent Gardenda Richard Vagnerning Lohengrin asarida chiqqan. Orlean gertsogi Filipp gʻalabasini nishonlash uchun uning sharafiga kechki ovqat marxamat qiladi. Shu munosabat bilan Ogyust Escoffie yangi shirinlik yaratdi. Shirinlikni tanishtirar ekan, Ogyust Escoffie uni vanil muzqaymoq asosida shaftoli boʻlgan oqqushning muz haykali bilan bezatadi. Mish-mishlarga koʻra, xonanda muzqaymoqni juda yaxshi koʻrar, lekin tomogʻiga shamollab, ovozini buzmaslik uchun uni tez-tez yeyishga jur’at etmasdi. Muzqaymoq shrinlikning masalliqgʻidan biri edi, shuning uchun bunday shirinlik qoʻshiqchining vokal kordlariga bunday zararli taʼsir koʻrsatmadi. Shirinlikni bezash uchun oqqush tasvirini tanlash tasodifiy emas edi. Aynan oqqush tortgan qayiqda (jodugar kichkina shahzoda Gotfridni unga aylantirgan) operaning birinchi va uchinchi qismlarida ritsar „Lohengrin“ ikki marta suzib yuradi. Lohengrin operasi oqqush ritsarining afsonalari asosida yaratilgan.

1900-yilda Escoffier shirinlikning yangi versiyasini yaratadi. Oʻzi bosh oshpaz boʻlgan „Karlton“ mehmonxonasining ochilishi munosabati bilan Escoffier endi muz oqqushidan foydalanmay, shaftoli ustiga malina pyuresini qoʻydi. Ushbu shirinlikning boshqa manbalarga shaftoli yoki malina sousi oʻrniga nok, oʻrik yoki qulupnay ishlatiladi. Yana bir variant — malina pyuresi oʻrniga eritilgan qizil smorodina jelesi.

Yana qarang

tahrir
  • Pavlova (pirojnoe) — teatr yulduzi nomi bilan atalgan yana bir belle époque delikatesidir.

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Charles Sinclair. peach Melba // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 429—430. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.