Meli (Meyli) Qoʻchqorov (1918-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Turkiston ASSR – vafot sanasi nomaʼlum, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – Samarqand viloyati, Past Dargʻom tumanidagi Karl Marks nomidagi kolxoz brigadiri, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973).

Meli Qoʻchqorov
Tavalludi 1918-yil
Vafoti nomʼalum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Meli Qoʻchqorov 1918-yil Samarqand uyezdida (hozirgi Past Dargʻom tumani) dehqon oilasida tavallaud topgan[1][2]. Maktabni tugatgandan keyin Qoʻchqorov Chkalov nomidagi kolxozda, Karl Marks nomidagi kolxozda kolxozchi ishlagan. Oʻsha paytda ushbu kolxozning raisi Sotsialistik Mehnat Qahramoni Joniqul Yusupov boʻlgan. 1950-yillardan Karl Marks nomidagi kolxozning paxtachilik brigadasi boshligʻi. Sakkizinchi besh yillikdagi (19661970) yuqori mehnat natijalari uchun Meli Qoʻchqorov Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan. Toʻqqizinchi besh yillikda (1971-1975) Meli Qoʻchqorov rahbarlik qilayotgan brigada paxtachilikda yuqori mehnat natijalarini koʻrsatgan. 1973-yilda Past Dargʻom tumani paxtakor jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan sotsialistik musobaqada yetakchi oʻrinni egallab, „Kommunistik mehnat jamoasi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 1973-yil 10-dekabrda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoni bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan mukofotlandi[1][2]. Oʻninchi besh yillik (1975-1980) reja va majburiyatlarini muddatidan oldin bajarganligi uchun esa Oktyabr Inqilobi ordeni bilan taqdirlangan. 1983-yilda Meli Qoʻchqorov rahbarligidagi brigada har gektar maydondan 70 sentnerdan paxta hosili olishgan[3]. Pensiyaga chiqqandan keyin Past Dargʻom tumanida yashagan. Vafot etgan sanasi nomaʼlum[1].

Mukofotlari

tahrir

1973-yil 10-dekabrda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordeni, 1971-yil 8-aprelda Mehnat Qizil Bayroq ordeni, 1980-yil 4-martda Oktyabr Inqilobi ordeni, shuningdek, „Shavkatli mehnat uchun“ medali, VDNX medali bilan mukofotlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Сергей Кузоватов. „Кучкаров Мейли“ (rus tilida). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
  2. 2,0 2,1   Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 14-jild (Qavchin — Huquq). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1980 — 648-bet. 
  3. Rasul Yoʻldoshev, Toji Yusupov. Yurt chinori edi u. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2009 — 80-bet. [sayt ishlamaydi]