Michel Bastos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michel Fernandes Bastos
Tavallud sanasi 2-avgust 1983-yil (1983-08-02) (40 yosh)
Tavallud joyi Pelotas, Brazilya
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—2001 Pelotas
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2002 Pelotas
2002—2003 Feyenoord 0 (0)
2002—2003Excelsior (Ijara) 28 (0)
2003—2006 Atlético Paranaense 10 (0)
2004Grêmio (Ijara) 19 (4)
2005Figueirense (Ijara) 34 (10)
2006—2009 Lille 97 (25)
2009—2013 Lyon 98 (26)
2013Schalke 04 (Ijara) 14 (4)
2013—2014 Al Ain 12 (4)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Brazilya 10 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Michel Fernandes Bastos (talaffuzi: Mishel Fernandes Bastos)(1983-yil 2-avgustda tugʻilgan) — braziliyalik sobiq professional futbolchi, asosan yarim himoyachisi ampulasida oʻynagan.

Bastos Gollandiyaga koʻchib oʻtishdan oldin oʻz shahrining „Pelotas“ klubida faoliyatini boshlagan, u yerda „Feyenoord“ va „Excelsior“ klublarida toʻp surgan. Keyin u Braziliyaga qaytib, u yerda "Atletiko Paranaense", „Gremio“ va „Figeyrense“ klublarida oʻynagan. U 2006-yilda Fransiyaning „Lill“ klubiga o‘tgan, 2009-yilda „Lyon“ga o‘tgan. "Schalke 04", „Al-Ayn“ va „Roma“dagi muvaffaqiyatsiz oʻyinlaridan soʻng u 2014-yilda „San Paulu“ safiga qoʻshilish uchun Braziliyaga qaytib ketgan. U 2017-yilda „Palmeiras“ga oʻtgan va 2018-yilda „Sport do Resife“da oʻynagan. U 2019-yilda América (MG) jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Bastos Braziliya terma jamoasi safida 10ta oʻyinda gʻalaba qozongan va 1ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. U 2010-yilgi Jahon chempionatida chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushgan. Bastos butun faoliyati davomida jarima zarbalari boʻyicha mutaxassis sifatida tanilgan[1][2][3].

Klubdagi faoliyati tahrir

Bastos Braziliyaning Pelotas shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini ona shahrining Esporte Clube Pelotas klubida boshlagan. 2001-yilda u Niderlandiyaga koʻchib oʻtgan va „Feyenoord Rotterdam“ klubiga oʻtib, klubning zaxira jamosi boʻlgan „Yong Feyenoord“ safiga qoʻshilgan.

 
Bastos 2009-yil

Bastos 2006-yilning iyulida[4] Fransiyaning „Lill“ klubiga qoʻshilgan va 2006—2007-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Rennes“ga qarshi oʻyinning 65-daqiqasida maydonga tushgan. Uchrashuvda „Lill“ 2:1 hisobida g‘alaba qozongan[5]. Bastos klub uchun birinchi golini har yili boʻlib oʻtadigan Derbi du Nord oʻyinida Lens darvozasiga kiritgan va mavsumni jami uchta gol bilan yakulagan.

Lyon tahrir

 
Bastos Olimpique Lyonnais safida

2009-yil 15-iyulda „Lill“ prezidenti futbolchi Michel Seyduni Lyon klubi bilan 18 million yevrolik shartnoma qabul qilganini maʼlum qilgan[6]. 16-iyul kuni Bastos tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtgan va Lyon bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[7].

= "Schalke 04" ijara tahrir

2013-yilning 29-yanvarida Bastos Germaniyaning „Schalke 04“ jamoasiga 2013—2014-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qo‘shilgan[8]. Unga 9-raqamli libos berilgan[9]. Bastos „Schalke“dagi debyutini 2-fevral kuni Greuther Fürth jamosiga qarshi oʻtkazgan va tanaffusdan ikki daqiqa oʻtib hisobni ochgan golga mualliflik qilgan[10].

Al Ain tahrir

„Schalke“ Bastosni doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalanmagan va 2013-yilning 5-avgustida Bastos BAAning " Al-Ain " klubiga 4 million yevroga sotib yuborilgan.

"Roma" ijara tahrir

2014-yilning 20-yanvarida Italiyaning „Roma“ klubi Bastos 2014—2015-yilgi mavsum boshida to‘liq huquqlarni sotib olish opsiyasi bilan mavsum oxirigacha 1,1 million yevro evaziga ijara shartnomasi imzolaganini eʼlon qilgan[11].

San-Paulu tahrir

2014-yilning 13-avgustida Bastos vataniga qaytib kelgan va Braziliyaning San-Paulu klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan[12].

2016-yilning 28-dekabrida Bastos va San-Paulu o‘zaro kelishuvga ko‘ra, bundan oldin imzolangan, 2017-yil dekabrigacha amal qiladigan shartnomani bekor qilishgan[13].

Palmeiras tahrir

2016-yilning 31-dekabrida Bastos va Palmeiras yana bir yillik shartnoma imzolagan. Bastos jamoaning 2017-yilgi mavsumdagi beshinchi transferi boʻlgan[14].

Xalqaro faoliyati tahrir

"Lyon"ga oʻtgunga qadar Bastos hech qachon " Brazilya terma jamoasi "ga chaqirilmagan. Bastos oʻzining Lyonga oʻtishini Braziliya terma jamoasining 2010-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida qatnashadiga tarkibiga kirish uchun muhim omil sifatida taʼkidlagan[15]. 2009-yil 27-oktyabrda Bastos birinchi marta Angliya va Ummonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun milliy terma jamoadan chaqiruv olgan[16]. U terma jamoadagi debyutini Angliyaga qarshi oʻyinda chap qanot himoyachisi ampulasida oʻtkazgan. Bastos keyinchalik Braziliya terma jamoasining 2010-yil fevral oyida Ummon va Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻtkazgan ikkita oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan. 2010-yil 11-mayda FIFA Jahon chempionati-2010da ishtirok etish uchun 23 kishilik tarkibga kiritilgan[17][18].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum

Liga

Kubok Qitʼa Liga Kubogi Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Feyenoord 2001—2002 Eredivisiya 0 0 0 0 - - 0 0
Excelsior (Ijara) 2002—2003 Eredivisiya 28 0 0 0 - - 28 0
Atlético Paranaense 2003 A Seriya 2 0 0 0 - 2 0
2004 A Seriya 8 0 0 0 - 8 0
Jami 10 0 0 0 - 10 0
Grêmio (Ijara) 2005 B Seriya 19 4 0 0 - 19 4
Figueirense (Ijara) 2005 B Seriya 34 10 0 0 - 34 10
Lille 2006—2007 Liga 1 25 3 1 0 2 0 - 28 3
2007—2008 Liga 1 35 8 3 0 - - 38 8
2008—2009 Liga 1 37 14 4 2 - - 41 16
Jami 97 25 8 2 2 0 0 0 107 27
Lyon 2009—2010 Liga 1 32 10 4 2 11 3 - 47 15
2010—2011 Liga 1 28 5 3 0 7 3 - 38 8
2011—2012 Liga 1 26 6 9 1 8 0 - 43 7
2012—2013 Liga 1 12 5 0 0 1 0 - 13 5
Jami 98 26 16 3 27 6 0 0 141 35
Schalke 04 (Ijara) 2012—2013 Bundesliga 14 4 0 0 3 1 - 17 5
Al Ain 2013—2014 Arab Ligasi 12 4 7 2 - - 19 6
Roma (Ijara) 2013—2014 Seriya A 16 1 1 0 0 0 - 17 1
São Paulo 2014 Série A 19 1 0 0 8 3 0 0 27 4
2015 Série A 31 7 5 1 7 2 12 3 55 13
2016 Série A 14 0 1 0 13 3 10 2 38 5
Jami 64 8 6 1 28 8 22 5 120 22
Palmeiras 2017 Série A 17 0 0 0 7 0 13 2 37 2
2018 Série A 0 0 0 0 0 0 6 0 6 0
Jami 17 0 0 0 7 0 19 2 43 2
Sport do Recife (Ijara) 2018 Série A 23 4 0 0 0 0 0 0 23 4
América 2019 Série B 1 0 0 0 - 0 0 1 0
Karyerada jami 433 86 38 8 67 15 41 7 579 116

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

Michel Bastos tomonidan kiritilgan gol
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2010-yil 2-iyun Milliy sport stadioni, Xarare, Zimbabve   Zimbabve 3-0 Gʻalaba Oʻrtoqlik

Yutuqlari tahrir

Lyon

  • Fransiya kubogi : 2011—2012[19]
  • Chempionlar kubogi : 2012-yil

Manbalar tahrir

  1. Hawkey. „Michel Bastos – A lethal weapon with a dead ball“. The National (2013-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-fevral.
  2. „Scouting Report: Did Roma Pull off Another Transfer Coup in Michel Bastos?“. Bleacher Report. Qaraldi: 2016-yil 13-fevral.
  3. Rainbow. „Six of the Best: free-kick specialists“. World Soccer (2013-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  4. „RELATÓRIO DE TRANSFERÊNCIAS INTERNACIONAIS EM 2006“ (pt). CBF (2007-yil 22-yanvar). 2010-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-iyun.
  5. „Rennes v. Lille“ (fr). Lfp.fr. 2007-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-sentyabr.
  6. „BASTOS POISED FOR £14m LYON SWITCH“. Sportinglife.com. 2011-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-sentyabr.
  7. „Accord avec Lille pour le transfert de Michel BASTOS“ (fr). Olweb.fr (2009-yil 15-iyul). 2009-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-fevral.
  8. „Schalke take Michel Bastos on loan“. Bundesliga (2013-yil 29-yanvar). 2013-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-yanvar.
  9. „S04 leiht Michel Bastos von Olympique Lyon aus“ (de). Schalke 04 Official Website (2013-yil 29-yanvar). 2014-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-yanvar.
  10. „Schalke 04 1-2 SpVgg Greuther Furth“. ESPN FC (2013-yil 2-fevral). Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  11. „CORPORATE: MICHEL BASTOS“ (it). A.S. Roma (2014-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
  12. „Michel Bastos chega a SP nesta quarta para assinar com o Tricolor“ (pt). Globoesporte.com (2014-yil 13-avgust). 2014-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-avgust.
  13. Em rescisão consensual com o SP, Michel Bastos abre mão de R$ 4,2 milhões
  14. Palmeiras anuncia contratação de Michel Bastos, ex-São Paulo
  15. „OL Web Interview“. Olweb.fr. 2012-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-sentyabr.
  16. „Aurelio recalled by Brazil for England friendly“. soccernet.com (2009-yil 27-oktyabr). 2012-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-oktyabr.
  17. „Dunga names his Seleção“. FIFA.com (2010-yil 11-may). 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-fevral.
  18. „Dunga convocou para a Copa do Mundo 22 jogadores relacionados para o último amistoso, contra a Irlanda, em março“ (pt). CBF.com.br (2010-yil 11-may). 2010-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
  19. „Lyon win French Cup final to deny historic attempt by amateurs Quevilly“. The Guardian. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.