Michele Morrone (italyancha talaffuzi: [miˈkɛːle morˈroːne]; 1990-yil 3-oktabrda tugʻilgan) – italiyalik aktyor, model, qoʻshiqchi va dizayner. Italiya va Polsha filmlarida suratga tushgan. U 2020-yilda suratga olingan „365 dni“ (oʻzbekcha: „365 kun“) romantik dramasida hamda uning davomi sifatida 2022-yilda taqdim etilgan „365 dni: Ten dzień“ (oʻzbekcha: „365 kun: Bu kun“) va „Kolejne 365 dni“ (oʻzbekcha: „Keyingi 365 kun“) filmlarida Massimo Torricelli rolini ijro etganidan soʻng xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan.

Michele Morrone

Morrone 2019-yilda
Tavalludi 3-oktyabr 1990-yil (1990-10-03) (34 yosh)
Kasbi
  • Aktyor
  • qoʻshiqchi
  • model
  • moda dizayneri
Faoliyat yillari 2011–hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi Rouba Saadeh (2014—2018)
Bolalari 2

Hayoti

tahrir

Morrone 1990-yil 3-oktabrda Italiyaning Reggio Calabria shahrida tugʻilgan[1][2]. U toʻrt farzandning eng kichigi boʻlib, undan katta uchta opasi bor. Uning otasi qurilish ishchisi boʻlib ishlagan va 2003-yilda Morrone 12 yoshga toʻlganida vafot etgan[3][4]. Uning onasi Angela tikuvchi boʻlgan. Ona tarafdan bobosi Natale Bitontodan boʻlgan[2], ammo bolalari yoshligida yaxshiroq ish topishi uchun Melegnanoga koʻchib oʻtishgan[5].

Morrone 11 yoshida Harry Potter filmini tomosha qilganidan soʻng aktyor boʻlishga qaror qilgan[4]. U oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytlarida maktabdan keyingi dasturlarda rol oʻynay boshlagan[6]. Morrone yomon xulq-atvori va qilgan shoʻxliklari uchun oʻrta maktabning birinchi yilini takroran oʻqigan[7]. Keyin u Pavia shahridagi Teatro Fraschini di Pavia teatrida aktyorlik boʻyicha professional tarzda tahsil olgan[8].

Karyerasi

tahrir

Aktyorlik karyerasi

tahrir
 
Michele Morrone, Anna-Maria Sieklucka va yozuvchi Blanka Lipińska 2019-yilda

Morronening aktyorlik karyerasi 2011-yilda Piergiorgio Seidita rejissyorligidagi uch epizodli veb-serialda Riccardo rolini oʻynashdan boshlangan[8][9]. Serial bir mavsumdan keyin bekor qilingan. Shuningdek, u 2012-yilda Italiyaning qizlardan iborat boʻlgan Makay guruhining klipida chiqqan. Bu sohada koʻproq tajriba orttirganidan soʻng, u qisqa metrajli filmlarda bosh rollarni oʻynay boshlagan. U „Il Tempo di una Sigaretta“ va „E la Vita Continua“ filmlarida rol ijro etgan[8]. U „Che Dio ci Aiuti“ nomli shouda ishtirok etgan. Uning rol ijro etgan filmlar orasida „Come un Delfino“ (2011), „Provaci Ancora“ (2015), „Squadra Antimafia“ (2015), „Sirene“ (2016), „Renata Fonte“ (2017), „Il Processo“ („The Trial“) (2018) va „Medici“ (2018) kabi italyan teleseriallari ham bor[8]. 2016-yilda u „Dancing with the Stars“ („Ballando con le Stelle“) loyihasining italyancha versiyasining oʻn birinchi mavsumida ishtirok etgan va u yerda ikkinchi oʻrinni egallagan. 2019-yilda Morrone „Bar Juzeppe“ filmida Luidji rolini oʻynagan.

2020-yilda Morrone „365 dni“ filmida mafiya jinoyatchisi Massimo Torricelli rolini ijro etgandan soʻng xalqaro miqyosda mashhur boʻlgan. Film Polshada 2020-yil 7-fevralda kinostudiyalarda namoyish etilgan va keyinchalik 2020-yil 7-iyunda Netflixda taqdim etilgan. U prodyuserlik kompaniyasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan va trilogiyani yakunlash uchun yana ikkita filmda („365 dni: Ten dzień“ va „Kolejne 365 dni“) suratga tushgan.

Musiqiy karyerasi

tahrir

Morrone professional gitarachi va qoʻshiqchi. U 25 yoshida YouTubeda videolar tomosha qilish orqali gitara chalishni oʻrgangan[4]. 2020-yil 14-fevralda u „Dark Room“ nomli ilk albomini chiqargan. Albomdan „365 dni“ filmining rasmiy saundtrekiga aylangan bir nechta qoʻshiqlar, jumladan, uning eng mashhur qoʻshiqlaridan biri boʻlgan „Feel It“ qoʻshigʻi oʻrin olgan. Qoʻshiqning musiqiy klipida aktrisa Anna-Maria Sieklucka bilan birgalikda ijro etgan sahnalari mavjud[10]. Albom „AGORA S. A.“ leybli orqali taqdim etilgan[11].

Morrone 2020-yil 16-yanvarda oʻzining shaxiy YouTube kanalini ochgan. Uning kanalida bir milliondan ortiq obunachi bor boʻlib, videolari umumiy 104 million martadan ortiq koʻrilgan (2020-yil 8-avgust holatiga koʻra). Uning kanalida eng koʻp koʻrilgan video „Feel It“ klipi boʻlib, u 51 million martadan ortiq tomosha qilingan.

Biznesi

tahrir

2020-yil 2-avgustda Morrone „AurumRoma“ nomli ayollar kiyimlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solgan[12]. U 2020-yil 8-avgustda Instagramdagi jonli efiri orqali kompaniyaning uniki ekanligini tasdiqlagan. Jonli efirdan koʻp oʻtmay, kompaniyaning veb-sayti bir vaqtning oʻzida juda koʻp xaridor foydalanganligi sababli ishdan chiqqan. Morrone moda dizayneri Chiara Pollano bilan hamkorlikda oʻz dizaynlarini yaratadi. Kompaniyaning egalik huquqi Morronega tegishli va Spazio Arco kompaniyasi tomonidan boshqariladi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Morrone 2014-yilda livanlik stilist Ruba Saada bilan turmush qurgan. Er-xotin Italiya va Livanda nikohidan oʻtishgan[3]. Ular 2018-yilda ajrashishgan, ammo qonuniy nikohda qolishgan[13]. Ularning 2014 va 2017-yillarda tugʻilgan ikkita oʻgʻli bor.

Diskografiyasi

tahrir

Albomlari

tahrir
Yil Albom Maʼlumotlari Chartlardagi oʻrni
SWI
[14]
FR
[15]
BE
(Wal)

[16]
PL
[17]
GER
[18]
2020-yil Dark Room
  • Chiqarilgan: 2020-yil 14-fevral[19][20]
  • Leybl: Universal Music & Polydor Germany
  • Format: CD, MP3, LP, Raqamli yuklab olish, Striming
63 195 178 2 72
2023-yil Double
  • Chiqarilgan: 2023-yil 29-sentyabr[21][22]
  • Leybl: Universal Music & Polydor Germany
  • Format: CD, MP3, LP, Raqamli yuklab olish, Striming
 –  –  –  –

Singllari

tahrir
Singl Yil Chartlardagi oʻrni Sertifikat Albom
POL
(airplay)

[23]
POL
(airplay
nowości)

[24]
RUM
(airplay)

[25]
„Feel It“ 2020-yil 27 5 72 Dark Room
„Hard For Me“
„Beautiful“ 2021-yil Double
„Another Day“ 2022-yil
„Player“
„Angels“
„Push Me“ 2023-yil
„Bad Game“
„Sweat Dreams (Are Made Of This)“
„—“ ushbu hududda chartga kiritilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi.

Reklama singllari

tahrir
Singl Yil Chartlardagi oʻrni Albom
BEL
(Wal)

[16]
POL
(airplay)

[23]
POR
[27]
SWI
[14]
„Next“ 2020-yil Dark Room[28]
„Dad“
„Do It Like That“
„Drink Me“
„No One Cares“
„Dark Room“
„Hard For Me“ 45 12 68
„Rain In The Hearth“
„Watch Me Burn“
„—“ ushbu hududda chartga kiritilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi.

Filmografiyasi

tahrir

Filmlari

tahrir
Yil Film Rol Izoh
2017-yil Whoʼs the Beast Peter Qisqa metrajli film
2018-yil L’ultimo giorno del toro Valerio
2019-yil Bar Joseph (Bar Giuseppe) Luigi
2020-yil 365 dni Don Massimo Torricelli
2022-yil 365 dni: Ten dzień Don Massimo Torricelli / Adriano Torricelli
Kolejne 365 dni Don Massimo Torricelli
Duetto Marcello Bianchini
TBA Subservience Suratga olinmoqda

Teleseriallari

tahrir
Yil Teleserial Rol Izoh
2015-yil Provaci ancora prof! Bruno Sacchi Epizod: „Passioni sprecate“
2017-yil Sirene Ares aka Gegè Teleserial
2018-yil Renata Fonte Marcello My Televizion film
2019-yil Medici Kema kapitani 2 ta qism
The Trial Claudio Cavalleri 8 ta qism

Kliplari

tahrir
Yil Klip Qoʻshiqchi(lar) Leybl Manba
2020-yil „Hard For Me“ Michele Morrone Universal Music [29]
„Hard For Me (Acoustic)“ [30]
„Dad (Acoustic)“ [31]
2021-yil „Beautiful“ [32]
2022-yil „Another Day“ [33]
„Mud Mud Ke“ Tony Kakkar, Neha Kakkar Desi Music Factory [34]
2023-yil „Push Me“ Michele Morrone Universal Music [35]

Mukofotlari

tahrir
Yil Mukofot Yoʻnalish Nominant Natija Manba
2020-yil Distinctive International Arab Festivals Awards Michele Morrone Yutuq [36]
2021-yil Oltin malina mukofoti Eng yomon aktyor 365 dni Nominatsiya [37]

Manbalar

tahrir
  1. „Michele Morrone set to star in a Bollywood film? All you need to know about the 365 Days actor“. The Indian Express (2021-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 9-iyun. „Morrone was born on October 3, 1990 in Reggio Calabria, Italy.“.
  2. 2,0 2,1 „Michele Morrone - Verissimo Video“.
  3. 3,0 3,1 „Michele Morrone dopo Ballando con le stelle si svela e presenta la moglie segreta“ (Italian). Tvzap (2016-yil 3-may).
  4. 4,0 4,1 4,2 Maffioletti, Chiara „Michele Morrone, il sex addicted di "365 giorni" ora è una star musicale“ (Italian). Corriere della Sera (2020-yil 8-iyun).
  5. Moretti, Carmela „Bitonto a Ballando con le stelle di Rai Uno con Michele Morrone“ (Italian). DaBitonto (2016-yil 19-mart). 2022-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-iyul.
  6. „Sirene al Genovesi - Intervista a Michele Morrone“.
  7. „NDP 2020: National Day Message and morning parade“.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 „Michele Morrone“ (Italian). Take Off Artist Management.
  9. Marseglia, Daniele „Telefilm Central intervista Piergiorgio Seidita, regista della nuova web serie Second Chance“ (Italian). Telefilm Central (2013-yil 22-fevral).
  10. „Video“. www.youtube.com. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
  11. „dark room album songs - Google Search“. www.google.com.
  12. „Aurumroma“. www.facebook.com.
  13. katiegarrity „Michele Morrone Opened up About How Hard His Divorce Was on Him“ (en-US). Distractify (2020-yil 5-iyun). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
  14. 14,0 14,1 „Discographie Michele Morrone - hitparade.ch“. hitparade.ch. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  15. „lescharts.com - Discographie Michele Morrone“. lescharts.com. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  16. 16,0 16,1 „Discographie Michele Morrone“. ultratop.be. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  17. „Oficjalna lista sprzedaży“. OLIS - Official Retail Sales Chart. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  18. „Offizielle Deutsche Charts“. Offizielle Deutsche Charts. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  19. „Wykonawca: Michele Morrone Tytuł: Dark Room“. Zpav - OLIS. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  20. „Dark Room by Michele Morrone“. Apple Music (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  21. „Wykonawca: Michele Morrone Tytuł: Dark Room“. Zpav - OLIS. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  22. „Dark Room by Michele Morrone“. Apple Music (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  23. 23,0 23,1 "Feel It" – „ZPAV :: Bestsellery i wyróżnienia - AirPlays - Top - Archiwum“ (pl).
    "Hard For Me" – „ZPAV :: Bestsellery i wyróżnienia - AirPlays - Top - Archiwum“ (pl).
  24. „ZPAV :: Bestsellery i wyróżnienia - AirPlays - Nowości - Archiwum“. bestsellery.zpav.pl. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
  25. Arvunescu, Victor.. „Top Airplay 100 – Iuliana Beregoi vine pe primul loc cu o piesă super catchy!“ (Romanian). Un site de muzică (2021-yil 8-fevral). 2021-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  26. 26,0 26,1 „Brazilian single certifications – Michele Morrone“ (pt). Pro-Música Brasil. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  27. „Hard For Me by Michele Morrone - Music Charts“. acharts.co. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
  28. „Michele Morrone | Songs“ (en). AllMusic. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
  29. Michele Morrone - Hard For Me (Official Music Video) (inglizcha), 2020-07-24
  30. Michele Morrone - Hard For Me (Acoustic) Official Music Video (inglizcha), 2020-12-11
  31. Michele Morrone - Dad (Acoustic) Official Music Video (inglizcha), 2020-12-20
  32. Michele Morrone - Beautiful (Official Music Video) (inglizcha), 2021-03-07
  33. Michele Morrone - Another Day (Official Music Video) (inglizcha), 2022-04-27
  34. „'Mud Mud Ke' full song: Jacqueline Fernandez and Michele Morrone's chemistry is a winner, but the twist in the end takes the cherry on the cake - WATCH - Times of India“. The Times of India.
  35. Michele Morrone - PUSH ME (Official Music Video) (inglizcha), 2023-01-18
  36. „Sajal Aly, Michele Morrone cross paths at DIAFA“. The Express Tribune (2020-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
  37. „'Dolittle' Tops Razzie Awards Nominations“. hollywoodreporter.com (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2021-yil 12-mart.

Havolalar

tahrir