Mihrimah Sulton masjidi (Üsküdar)

Mihrimah Sulton masjidi (turkcha: Mihrimah Sultan Camii, İskele Camii) – XVI asrda qurilgan Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri, Üsküdar (talaffuzi: Uskudar) tumanining tarixiy markazida, qirgʻoqqa qaragan holda bunyod etilgan. Masjid Üsküdarning eng mashhur, diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanib, binoning muqobil nomi oʻzi joylashgan hudud nomidan olingan. Sohil yoʻli qurilgunga qadar masjid toʻgʻridan-toʻgʻri suv boʻyida joylashgan boʻlib, binogacha faqat qayiqda borish mumkin boʻlgan.

Masjid
Mihrimah Sulton masjidi
turkcha: Mihrimah Sultan Camii,
İskele Camii
Istanbul Üsküdar tumani
Koordinatalar 41°01′36″N 29°00′58″E / 41.02667°N 29.01611°E / 41.02667; 29.01611
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 1543—1544—1548
Gumbaz balandligi 24.2 m (79 ft)
Gumbaz yoʻgʻonligi 11.4 m (37 ft)
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Qurilish materiali ashlar
Holati amaldagi
Kesma va reja, Cornelius Gurlitt, 1912-yil

Tarixi

tahrir

Masjidning qurilish rejasi imperator meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, 1543—1544 va 1548-yillarda qurilgan[1]. Yodgorlik sulton Sulaymonning qizi va buyuk vazir Damat Rustam Poshoning rafiqasi Mihrimah Sulton tomonidan qurdirilgan ikkita juma masjididan biri hisoblanadi.

Arxitekturasi

tahrir

Katta masjid baland maydonda qurilgan boʻlib, uning ichida ikki qavatli, marmardan ishlangan tahorat olinadigan favvorali ayvon joylashgan. Inshootning qurilishida Xoʻja Sinonning oʻziga xos bir qancha uslublarini koʻrish mumkin, masalan, masjid keng, baland gumbazli yertoʻla, ingichka minoralar va bir gumbazli baldachinga ega boʻlib, yon tomoni uchta yarim gumbazlar bilan tugaydi.

Binoning tashqi tomoni kulrang va oqish toshlardan qurilgan. Ichki devorlar va minbarlarni qurishda esa mamlakatga import qilingan marmar toshlardan foydalanilgan[2].

Masjid minoralaridan biriga oʻyib ishlangan quyosh soati hali ham mavjud.

 
Mihrimah Sulton masjididagi Islom xattotligi
 
Mihrimah Sulton masjidi ichidagi mehrob tepasida muqarnas
 
Mihrimah Sulton masjidi derazalarida gul mozaikalari
 
Mihrimah Sulton masjididagi Islom xattotligi

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir