Kuchan Milan (1941.14.1, Sloveniya) — Sloveniya davlat arbobi. Lyublyana universitetini tugatgan. 1973—78 yillarda Sloveniya kommunistlar ittifoqi MK aʼzosi, 1978—86 yillarda Sloveniya Milliy assambleya raisi (ayni vaqtda 1982—88 yillarda Yugoslaviya kommunistlar ittifoqi prezidiumi raisi), 1986—89 yillarda Sloveniya kommunistlar ittifoqi MK raisi, 1990-yildan Sloveniya Respublikasi prezidiumi raisi, 1992 yil dekabrdan prezidenti[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil