Milanka Brooks (1983-yil 12-sentabrda tugʻilgan) — angliyalik aktrisa. U Benidorm (2015-2016) teleserialining 2 faslidagi Ionela, Black Mirror (2017) filmining USS Callister epizodidagi Elena Tulaska va 2020-yilda Channel 4da efirga uzatilgan Britaniya qirollik oilasiga parodiya sifatida ishlangan The Windsorsdagi malika Svetlana rollari bilan tanilgan.

Milanka Brooks
Tavalludi 12-sentyabr 1983-yil (1983-09-12) (40 yosh)[1]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2009-hozirgacha

Taʼlimi tahrir

Milanka Brooks 1983-yil 12-sentyabrda Angliyaning London shahrida[1] model boʻlgan onasi Mileva Brooks va otasi aktyor/yozuvchi Harry Brooks Jrda tugʻilgan[2]. Aktrisa 2008/2009-yilda Drama Centre Londonni tamomlagan[3].

Faoliyati tahrir

Brooks birinchi marta 2009-yilda ikkita fransuz filmida ekranda paydo boʻlgan: Spy(ies) va King Guillaume. Uning Britaniya televideniyesida birinchi marta chiqishi 2011-yilda boʻlgan va u BBC telekanalining My Family sitkomining 11-epizodida Francesca rolida koʻrinish bergan[4]. Aktrisa 2012-yilda Joanna Lumleyining Little Crackers telekomedik serialining 1-qismida model sifatida[5] hamda 2014-yilda BBCning Boomers komediyasida Elena rolida paydo boʻladi[6].

2015-yildan 2016-yilgacha ITV Benidormning yettinchi va sakkizinchi seriyalarida Brooks Johnny Vegas oʻynagan Geoff Maltbyning kelini Ionelani tasvirlaydi[2][7]. U 2016-yilda Catherine Tatening Do Not Disturb televizion filmida Svetlana rolida paydo boʻlgan[8].

2017-yilda aktrisa SyndicateRoom tomonidan moliyalashtirilgan Gun Shy[9] filmida Antonio Banderas bilan birga teleboshlovchi rolini ijro etdi. 2017-yil dekabr oyida u Jesse Plemons bilan birgalikda Black Mirror serialining 4-qismning birinchi epizodi USS Callisterda koʻk tanli Elena Tulaska rolida paydo boʻldi[10]. Milanka 2018-yilda Disneyning Patrick badiiy filmida ham paydo boʻlgan[6]. 2019-yilda Brooks ITVning Cleaning Up dramasida rol oʻynagan hamda 2019-yilda Andie MacDowell va Jamie Demetriou bilan birga Four Weddings and a Funeralning 3-qismida Stasia rolini oʻynagan[11].

Brooks 2020-yilda Britaniya qirollik oilasining The Windsors parodiyasi Channel 4ning 3-epizodida malika Svetlana rolini tasvirlagan[12].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda
Yil Sarlavha Rol
2009 King Guillaume La traductrice
2009 Espion(s) La vendeuse
2011 Diagnosis Superstar Kotiba
2015 Sonjaʼs World-Inside Out Sonjaning jiyani
2015 Draw on Sweet Night Lady Arbella Stuart
2015 Billy the Kid xonim Gill
2016 Do Not Disturb Svetlana
2017 Gun Shy TV Presenter
2018 Patrick Suzanne
2018 Coulda Woulda Shoulda Airline Rep
Televizion rollari
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2011 My Family Francesca 2ta epizod
2012 Little Crackers Model 1ta epizod
2013 The Intern Laura 1ta epizod
2014 Boomers Elena 1ta epizod
2015, 2016 Benidorm Ionela 8 va 9-seriyalar[2][7]
2015 Boy Meets Girl Barwomen 1ta epizod
2017 Black Mirror Elena Tulaska Epizod: „USS Callister“
2018 Nutritiously Nicola Date 1 2ta epizod
2019 Cleaning Up Daniela 2ta epizod
2019 Four Weddings and a Funeral Stasia Epizod: 3 — We Broke
2020 The Windsors Princess Svetlana 3-mavsum, 4-qism[12]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „MilankaBrooks/status“. twitter.com (2017).
  2. 2,0 2,1 2,2 „Milanka Brooks“. actoractresscontact.com. 2021-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
  3. „Drama Centre London - Previous students“. arts.ac.uk (2016). 2016-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „My Family -Darts All Folks, Series 11 Episode 9 of 11“. BBC (2011). Qaraldi: 2018-yil 7-yanvar.
  5. „Little Crackers 2012, Episode 1 - Joanna Lumley's Little Cracker“. BBC (2012). Qaraldi: 2018-yil 7-yanvar.
  6. 6,0 6,1 „Milanka Brooks A friendly & down-to-earth voice with a warm delivery“. advoice.co.uk (2018). Qaraldi: 2018-yil 7-yanvar.
  7. 7,0 7,1 „Benidorm episode Guide“. Radio Times (2015). 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-yanvar.
  8. „Do Not disturb“. Radio Times (2017-yil 26-yanvar).
  9. „Antonio Banderas-Gun Shy aims crowdfund new path success“. thewrap.com (2017). Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  10. „Black Mirror season 4 cast and characters“. Radio Times (2017). Qaraldi: 2018-yil 7-yanvar.
  11. „Four Weddings and a Funeral Cast“. csfd.cz (2019).
  12. 12,0 12,1 „The Windsors Series 3 - Episode 4“. Radio Times (2020). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.

Havolalar tahrir