Miley Ray Cyrus (talaffuzi: Mayli Rey Sayrus; asl ismi — Destiny Hope Cyrus; 23-noyabr 1992-yilda tugʻilgan)[5] amerikalik aktrisa va musiqachidir. Country musiqachi Billy Ray Cyrus oilasida tugʻilgan Miley bolaligida Doc seriali va Big Fish filmida kichik rollarda suratga tushdi. 2006-yili Cyrus Disney Channel tayyorlagan Hannah Montana serialida Miley Stewart rolini ijro etib, oʻsmirlar idoliga aylandi. 2007-yili Hollywood Records bilan shartnoma tuzib, teleserial soundtracki va Cyrus'ning debut albomi boʻlgan Hannah Montana 2: Meet Miley Cyrus musiqiy albomini chiqardi. Albom Qoʻshma Shtatlarda uch million nusxada sotilib, "See You Again" singli Billboard oʻnligiga kirdi. Oʻsha yili uning Best of Both Worlds Tour gastroli boʻlib oʻtdi va unga asoslangan Hannah Montana & Miley Cyrus: Best of Both Worlds Concert filmi chiqarildi.

Miley Cyrus

Cyrus Barselonada (2019)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Destiny Hope Cyrus
23-noyabr 1992-yil (1992-11-23) (31 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Liam Hemsworth[1]
Janr Pop,[2] country,[3] rock[4]
Amplua vokal, aktrisa, shoira, modelyer
Faoliyat yillari 2001—bugun
Veb-sayt

mileycyrus.com

Cyrusning ikkinchi albomi, oʻz ichiga muvaffaqiyatli "7 Things" singlini olgan Breakout (2008), milliondan ortiq nusxada sotilib, platina sertifikatiga erishdi. Oʻsha yili u Bolt animatsiyali filmida Penny personajiga ovoz berdi. Film titul ashulasi "I Thought I Lost You" uchun Cyrus Golden Globe mukofotiga nomzod etildi. 2009-yili Cyrus Hannah Montana: The Movie toʻliq metrajli filmida suratga tushdi, filmning soundtracki va bosh singli "The Climb" uni country va adult contemporary musiqa bozorlariga olib kirdi.

Cyrus 2009-yilda chiqqan The Time of Our Lives mini albomi bilan ulgʻaygan obraz va mainstream pop tovushga kirdi. Billboard Hot 100 chartida ikkinchi oʻringa chiqqan "Party in the U.S.A." ashulasi uning oʻsha paytgacha chiqarilgan singllari ichida eng muvaffaqiyatlisi boʻldi. Cyrus obrazining voyaga yetish jarayoni 2010-yilda chiqqan The Last Song filmi va uning uchinchi, Can't Be Tamed albomi bilan davom etdi. Albomda dance musiqa unsurlari sezilib, seksual mavzudagi ijro orqali reklama qilindi. Keyingi ikki yil u oʻzini aktrisalik karyerasiga jalb qilib, bir necha TV va kinosuratlarda ishtirok etdi. RCA Records bilan shartnoma tuzgach, Cyrus 2013-yili toʻrtinchi, Bangerz albomini chiqardi. Uning "We Can't Stop" va "Wrecking Ball" singllari provokatsion musiqa videolari bilan targʻib etildi. Biri 2013 MTV Video Music Awards marosimida janjalli ijro etilgan boʻlsa, ikkinchisi uning Qoʻshma Shtatlardagi ilk birinchi raqamli hitiga aylandi.

Cyrus Disneydan chiqqan eng muvaffaqiyatli artistlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Cyrus Forbes jurnalining 2010-yilgi Celebrity 100 roʻyxatida oʻn uchinchi oʻrinni oldi.[6] 2011-yilgi Guinness rekordlarida Cyrus “Eng Chartlangan Teenager” deb eʼlon qilindi.[7] 18 yoshida u yettita top-oʻn hit va toʻrtta albom chiqarib ulgurgan edi. 2013-yil oktyabrida Cyrus Billboard Hot 100 da toʻqqizda top-oʻn hit yigʻdi.

Cyrus 38-People's Choice Awards marosimida, 2012

Filmografiyasi tahrir

Kinofilm ijrolari
Yil Nom Rol Izohlar
2003 Big Fish Ruthie Destiny Cyrus ismi bilan
2007 High School Musical 2 Havzadagi qiz Televizion film
2008 Hannah Montana & Miley Cyrus: Best of Both Worlds Concert Miley Stewart/Hannah Montana
2008 Bolt Penny Ovoz
2009 Hannah Montana: The Movie Miley Stewart/Hannah Montana
2010 The Last Song Veronica "Ronnie" Miller Bosh rol
2010 Sex and the City 2 Oʻzi Kameo
2011 Justin Bieber: Never Say Never Oʻzi Kameo
2012 LOL Lola Williams Bosh rol
2012 So Undercover Molly Morris Bosh rol
2014 Miley Cyrus: Tongue Tied Oʻzi Qisqa metrajli film
2015 Jeremy Scott: The People's Designer Oʻzi Hujjatli
2015 The Night Before Oʻzi Kameo
2015 A Very Murray Christmas Oʻzi Netflix
Televideniye ijrolari
Yil Nom Rol Izohlar
2001 Doc Kylie 3 qism
2006–2011 Hannah Montana Miley Stewart/Hannah Montana/Luann Stewart Bosh rol; 98 qism
2006 The Suite Life of Zack & Cody Hannah Montana/Miley Stewart Qism: "That's So Suite Life of Hannah Montana"
2007 The Replacements Celebrity Starr (ovoz) Qism: "The Frog Prince"
2007 The Emperor's New School Mudka's Meat Hut ofitsianti (ovoz) 3 qism
2009 The Suite Life on Deck Hannah Montana/Miley Stewart Qism: "Wizards on Deck with Hannah Montana"
2011 Saturday Night Live Boshlovchi Qism: "Miley Cyrus/The Strokes"
2012 Punk'd Punker 2 qism
2012 Two and a Half Men Missi 2 qism
2013 Miley: The Movement Oʻzi MTV hujjatli filmi
2013 Saturday Night Live Boshlovchi Qism: "Miley Cyrus"
2013 Styled to Rock Oʻzi Qism: "Miley's Sexy Night Out"

Diskografiyasi tahrir

Gastrollar tahrir

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)ABC News.
  2. Deming, Mark „Miley Cyrus – Biography“. Allmusic. Rovi Corporation. Qaraldi: 21-oktabr 2009-yil.
  3. Phares, Heather „Hannah Montana: The Movie - Hannah Montana : Songs, Reviews, Credits, Awards“. AllMusic (24-mart 2009-yil). Qaraldi: 29-aprel 2013-yil.
  4. „Miley Cyrus Says She Has No Plans to Retire 'Hannah Montana' Character – Yet“. Fox News Channel. Associated Press (24-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 6-iyun 2010-yil.
  5. „Miley Cyrus Biography“. The Biography Channel. A+E Networks. Qaraldi: 31-avgust 2013-yil.
  6. „The World's Most Powerful Celebrities“. Forbes.com (29-iyun 2010-yil). Qaraldi: 27-avgust 2010-yil.
  7. „Miley Cyrus Makes ʻGuinness World Records 2011′“. Memisupport.wordpress.com (18-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2012-yil.

Havolalar tahrir