Justin Bieber: Never Say Never (tarjimasi „Justin Bieber: Hech qachon hech qachon dema“) kanadalik qoʻshiqchi Justin Bieber haqidagi filmdir. Film premyerasi 2011-yil 11-fevralda AQSh va Kanadada boʻlib oʻtgan.[3] Film kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilangan. Umumjahon boʻylab $99 million daromad qilgan.[4] Film sikveli boʻlmish Justin Bieber's Believe 2013-yilning 25-dekabrida chiqarilgan.

Justin Bieber: Never Say Never
Rejissyor(lar) Jon M. Chu
Prodyuser(lar)
Rollarda Justin Bieber
Bastakor(lar) Deborah Lurie
Kinematografiya Reed Smoot
Muharrir(lar)
Studiya(lar)
Distribyutor Paramount Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 11-fevral, 2011-yil(2011-02-11)
Davomiyligi 106 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $13 million[1]
Daromadi $99 million[2]

Mazmuni tahrir

Film kanadalik estrada xonandasi Justin Bieberga bagʻishlangan. Film uning Madison Square Gardendagi kontsertidan 10 kun oldingi hayoti haqida hikoya qiladi. Ushbu kontsert uchun chiptalar 2010-yil 31-avgustda sotuvga chiqarilib, atigi 22 daqiqa ichida barcha chiptalar sotib boʻlingan va bu uning oʻsha paytdagi faoliyatidagi eng katta voqeaga aylanadi.

Filmda Justinning oʻzi bilan intervyu boʻlmasa-da, uning atrofidagi odamlarning hikoyalari mavjud.Filmda, shuningdek,Justinning Kanadaga gastrol safarida tugʻilgan shahriga tashrif buyurishi tasvirlangan.Oʻsha paytda u eski doʻstlari bilan taʼtilda boʻlganida ovozini buzgan va uni Sirakuzadagi kontsertni keyinga qoldirishga majbur qilgan. Madison Square Gardendagi kontsertidan oldin u ovozi biroz yaxshilanishi uchun bir necha kun hech kim bilan gaplasha olmadi

Filmda, shuningdek, Justinning bolaligidan sahnalar va eski videolar ham mavjud.

Rollarda tahrir


Manbalar tahrir

  1. Fritz, Ben. „Movie Projector: Sandler battles Bieber for top of the box office“. Los Angeles Times. Tribune Company (10-fevral 2011-yil). Qaraldi: 14-fevral 2011-yil.
  2. „Justin Bieber: Never Say Never (2011)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 22-avgust 2013-yil.
  3. „Release dates for Justin Bieber: Never Say Never“. IMDb. 2012-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2012-yil. (ingl.)
  4. „'Justin Bieber: Never Say Never' Shows Highs, Lows Of Fame, Jay Sean Says“. mtv.com (11-fevral 2011-yil). Qaraldi: 11-fevral 2011-yil.

Havolalar tahrir