Miloš Veljković (talaffuzi: Milosh Velkovich; 1995-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — „SV Werder Bremen“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Shveysariyada tugʻilgan, Serbiya terma jamoasi aʼzosi.

Miloš Veljković
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-sentyabr 1995-yil (1995-09-26) (28 yosh)
Tavallud joyi Basel, Shveysariya
Boʻyi 1.88 m[1][2]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Werder Bremen
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2011 Basel
2011—2015 Tottenham Hotspur
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 Tottenham Hotspur 2 (0)
2014—2015Middlesbrough (ijara) 3 (0)
2015Charlton Athletic (ijara) 3 (0)
2016 Werder Bremen II 8 (0)
2016— Werder Bremen 162 (3)
Milliy terma jamoa
2011 Shveysariya U16 1 (0)
2012 Serbiya U17 3 (1)
2013—2014 Serbiya U19 10 (1)
2015 Serbiya U20 8 (1)
2014—2017 Serbiya U21 14 (0)
2017— Serbiya 20 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Erta martaba tahrir

Ota-onasi serb boʻlgan Veljković Shveysariyaning Basel shahrida tugʻilgan. Professional futbolchilik faoliyatini Shveysariyaning Basel jamoasida boshlagan.

Tottenham Hotspur tahrir

Miloš Veljković Tottenhamga 2011-yilda Baseldan kelib qoʻshilgan edi. Premer-ligadagi debyutini 2014-yilning 8-aprelida Sanderlendga qarshi o‘yinda o‘tkazgan, 88-daqiqadan so‘ng Paulinhoning o‘rniga maydonga tushgan (5:1)[3].

Veljković 2014-yil 16-oktyabrda Chempionshipda Midlsbroga uch oyga ijaraga berilgandi[4].

2015-yilning 20-yanvarida Veljković mavsum oxirigacha ijara asosida Charlton Athleticga o‘tdi[5]. Biroq, Veljković Charlton safidagi uchinchi oʻyinida yelkasidan jarohat oldi[6].

Werder Bremen tahrir

Veljković 2016-yilning 1-fevralida Werderga o‘tib, 300 ming yevro evaziga uch yarim yillik shartnoma imzoladi[7]. 2016-yilning 24-sentyabrida u 2016-17-yilgi mavsumning 5-turida VfL Wolfsburgga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, klubning mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Lamine Sane oʻyinga tayyorgarlik paytida tizzasidagi muammolar tufayli maydonni tark etganidan keyin Veljković 90 daqiqa markaziy himoyachi sifatida oʻynadi[8].

U 2018-yilning iyun oyida klub bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi[9].

2022-yilning iyunida, Werder Bremen 2021-2022-yilgi mavsumda Bundesligaga qaytganidan soʻng, Veljković klub bilan yana bir shartnoma imzoladi, xabarlarga koʻra, 2025-yilgacha[10].

Xalqaro faoliyati tahrir

Veljković Shveysariyada tugʻilgan, dastlab Shveysariya U16 ning vakili boʻlib, keyinchalik Serbiyaga oʻtgan. 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Serbiya U19 jamoasida oʻynagan[11]. 2015-yilning yozida Serbiya terma jamoasiga oʻtadigan Oltin avlod tarkibida Serbiya U20 terma jamoasi safida FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻolib chiqdi[12].

Veljković Serbiya terma jamoasida 2017-yilning 11-noyabr kuni Xitoyga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgandi[13].

2018-yil iyun oyida 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 23 kishilik yakuniy tarkibga kiritildi[14] va u yerda Braziliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[15].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klublarda tahrir

15-may, 2022-yil[16]
Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinishlar va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Tottenham Hotspur 2013—2014 Angliya Premyer-ligasi 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2014—2015 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
Jami 2 0 0 0 1 0 0 0 3 0
Middlesbrough (ijara) 2014—2015 Championship 3 0 1 0 - 0 0 4 0
Charlton Athletic (ijara) 2014—2015 Championship 3 0 0 0 - 0 0 3 0
Werder Bremen II 2015—2016 3. Liga 5 0 0 0 - 0 0 5 0
2016—2017 3 0 0 0 - 0 0 3 0
Jami 8 0 1 0 0 0 0 0 8 0
Werder Bremen 2015—2016 Bundesliga 3 0 1 0 - - 4 0
2016—2017 26 0 0 0 - - 26 0
2017—2018 30 1 4 1 - - 34 2
2018—2019 23 1 3 0 - - 26 1
2019—2020 24 0 2 0 - 2[lower-alpha 1] 0 28 0
2020—2021 23 0 3 0 - - 26 0
2021—2022 2. Bundesliga 26 1 0 0 - - 26 1
Jami 155 3 13 1 0 0 2 0 170 4
Jami faoliyati 170 3 14 1 1 0 2 0 187 4
  1. Appearances in Bundesliga relegation play-offs

Terma jamoada tahrir

12-iyun, 2022-yil [17]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Serbiya 2017 2 0
2018 7 0
2019 0 0
2020 0 0
2021 6 0
2022 5 0
Jami 20 0

Yutuqlari tahrir

Serbiya

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA chempionati: 2013-yil
  • FIFA U-20 Jahon chempionati: 2015-yil

Individual

  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2013-yil

Manbalar tahrir

  1. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  2. „Milos Veljkovic“. SV Werder Bremen. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  3. „Tottenham vs. Sunderland - 7 April 2014 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2014-yil 8-aprel.
  4. „Middlesbrough sign Spurs defender Milos Veljkovic on loan“. BBC Sport (2014-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 16-oktyabr.
  5. „Charlton sign Milos Veljkovic on loan from Tottenham Hotspur“. Charlton Athletic F.C (2015-yil 20-yanvar). 2015-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Milos Veljkovic interview: Tottenham youngster eager to join Harry Kane and Nabil Bentaleb in the Spurs first-team“. The Independent (2015-yil 28-may). 2022-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Knips, Björn. „Noch ein Neuer: Veljkovic kommt“ (de). Kreiszeitung (2016-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 1-fevral.
  8. „Werder mit Last-Minute-Tor zum ersten Saisonsieg“ (de). Sportschau (2016-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
  9. „Vorzeitig verlängert: Veljkovic setzt "klares Statement"“ (de). kicker Online (2018-yil 8-iyun). Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  10. „Werder-Profi Milos Veljkovic verlängert Vertrag bis 2025“ (de). Weser Kurier (2022-yil 11-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  11. [1] UEFA: Luković strike seals first Serbia triumph — 1 August 2013
  12. „Milos Veljkovic: Tottenham's Under-20 World Cup winner wants to make impact in the Premier League, but this season about experience“. The Independent (2015-yil 3-avgust). 2022-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Internationals (Sky Sports)“ (en). SkySports. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  14. „Soccer: Krstajic names Serbia's final 23-man World Cup squad“. reuters.com (2018-yil 1-iyun). Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  15. Andrew Das. „World Cup: Brazil cruises into next round with easy victory“. The New York Times (2018-yil 27-iyun). Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  16. „M. Veljkovic“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 20-may.
  17. „Miloš Veljković“. European Football (2018-yil 23-iyun).