Minamiaiki (yaponcha: 南相木村 Minamiaiki-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 430 ta xonadonda 1057 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi 1 km² ga 16 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 66,05 kvadrat kilometr (25,50 mi²) ni tashkil etadi.

Minamiaiki

南相木村
Qishloq
Skyline of Minamiaiki
Minamiaiki
Bayroq
Minamiaiki
Gerb
36°2′9.7″N 138°32′48.8″E / 36.036028°N 138.546889°E / 36.036028; 138.546889 G OKoordinatalari: 36°2′9.7″N 138°32′48.8″E / 36.036028°N 138.546889°E / 36.036028; 138.546889 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 66.05 km2 (25.50 mi²)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2016-yil aprel)
1 057
Zichligi 16 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0267-78-2121
Minamiaiki xaritada
Minamiaiki
Minamiaiki
Minamiaiki qishlogʻi

Geografiyasi tahrir

Minamiaiki togʻli sharqiy Nagano prefekturasida joylashgan boʻlib, sharqda Gunma prefekturasi bilan chegaradosh. Qishloq hududining 90 % dan ortigʻini togʻlar va oʻrmonlar tashkil etadi. Qishloq hududi oʻrtacha 1000 dan 1200 metrgacha balandlikda joylashgan[1]. Minamiaiki toʻgʻoni ushbu qishloq ichida bunyod etilgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar tahrir

Iqlimi tahrir

Qishloqda issiq va nam yoz hamda sovuq qish (Köppen iqlim tasnifi Dfb) bilan ajralib turadigan nam kontinental iqlim mavjud. Minamiaikidagi oʻrtacha yillik harorat 7,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1537 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 20,1 °C, eng past harorati esa yanvarda, −4,7 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Minamiaiki aholisi soni 1950-yildagi eng yuqori choʻqqisiga chiqqandan buyon usha sonining yarmidan koʻprogʻiga kamaydi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19402,261—    
19502,672+18.2%
19602,421−9.4%
19702,009−17.0%
19801,604−20.2%
19901,368−14.7%
20001,584+15.8%
20101,122−29.2%
2020962+85639.8%

Tarixi tahrir

Hozirgi Minamiaiki hududi qadimgi Shinano viloyatining bir qismi boʻlib, qishloq haqida Muromachi davri yozuvlarida qayd etilgan. Bu hudud Edo davrida Tokugava syogunatining bevosita boshqaruvi ostidagi tenryo hududlari tarkibiga kiritilgan. Hozirgi Minamiaiki qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan[1].

Taʼlim tizimi tahrir

Minamiaiki qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabiga ega. Qishloqda qoʻshni Kitaaika bilan hamkorlikda ochilgan davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transport tahrir

Temir yoʻl tahrir

Qishloqda yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl tahrir

Qishloq aholisiga hech qanday milliy avtomagistrallar xizmat koʻrsatmaydi.

Galereya tahrir

Minamiaiki toʻgʻoni
Minamiaiki toʻgʻoni Uzumaku hiroba
Ziyoratgoh
Changyuan ibodatxonasi
Minamiaiki qishlogʻidagi urushga qarshilik ramzida qurilgan haykal

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir