Miqdor yoki Kattalik (matematikada) — asosiy matematik tushuncha; kesma uzunligi, sirt yuzi, jism hajmi va massasi kabi tushunchalarning umumlashmasi. Bular skalyar miqdorlar deb ataladi. Bir xil skalyar miqdorlarni oʻzaro taqqoslash uchun oʻlchov birligi tanlab olinadi (mas, uzunlikni ifodalovchi miqdorlar uchun metr, massani ifodalovchi miqdorlar uchun gramm va boshqalar). Miqdorlar oʻlchov birligiga nisbatan son bilan ifodalanadi. Matematikada miqdorning fizik tabiatiga bogʻliq boʻlmagan xususiyatlari olinadi. Miqdorlar uchun tenglik, tengsizlik (katta, kichik), qoʻshish, ayirish va boshqa munosabatlar aniqlanadi. Maʼlum yoʻnalishdagi kesma, tezlik, kuch va boshqa tushunchalar vektor Miqdor tushunchasiga olib keladi. Geometriya, mexanika va boshqa sohalarda vektorlardan ham umumiyroq boʻlgan tenzor, kvaternion tushunchalari qoʻllanadi. Rene Dekart matematikaga izchil ravishda oʻzgaruvchi miqdor tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha matematika taraqqi-yotida, jumladan, differensial va integral hisob yaratilishida muxim rol oʻy naydi (qarang Differensial hisob, Integral hisob). Miqdor baʼzi hrllarda qiymat deb yuritiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil