Miroslav Stoch
Miroslav Stoch (1989-yil 19-oktabrda tug‘ilgan) - hozirda Motorlet Prague klubida qanot hujumchisi sifatida o‘ynaydigan slovakiyalik professional futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 19-oktyabr 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Nitra, Chexoslovakiya | ||
Boʻyi | 1.67 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Motorlet Prague | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995—2005 | Nitra | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2006 | Nitra | 4 | (0) |
2006—2010 | Chelsea | 4 | (0) |
2009—2010 | → Twente (ijara) | 32 | (10) |
2010—2017 | Fenerbahçe | 82 | (14) |
2013—2014 | → PAOK (ijara) | 30 | (7) |
2014—2015 | → Al Ain (ijara) | 27 | (9) |
2015—2016 | → Bursaspor (ijara) | 25 | (1) |
2017—2019 | Slavia Prague | 59 | (16) |
2019—2020 | PAOK | 11 | (0) |
2021 | Zagłębie Lubin | 11 | (0) |
2021—2022 | Slovan Liberec | 12 | (1) |
2022— | Motorlet Prague | 23 | (9) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2008 | Slovakiya U19 | 12 | (11) |
2008—2009 | Slovakiya U21 | 7 | (2) |
2009—2019 | Slovakiya | 60 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2023-yil 3-sentyabr uchun) |
U Slovakiya terma jamoasi uchun 60 ta o‘yinda maydonga tushgan, 2009-yilda debyut qilgan va 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati hamda UEFA Yevro 2016 musobaqalarida ishtirok etgan.
Turkiya Superligasida Gençlerbirliği jamoasiga qarshi o‘yinda jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaga urgan goli sababli 2012-yilda FIFA Puskás mukofotini qo‘lga kiritgan[1].
Klublardagi faoliyati
tahrirDastlabki faoliyati va "Chelsi"
tahrirStochning otasi uning iste’dodini yoshligidan payqagan va uni mahalliy futbol klubi Nitra akademiyasiga joylashtirib qo‘ygan. Otasining mehnati tez orada o’z natijasini ko’rsatgan. Stoch akademiyaning 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinda xet-trik qayd etgan. Shundan so‘ng uni Nitra jamoasining asosiy tarkibiga qo‘shib olishgan. Slovakiya Birinchi ligasida yoshga oid cheklovlar sababli u 16 yoshga to‘lgunga qadar o‘ynay olmagan. Stoch 16 yoshida asosiy jamoa safida o‘z debyutini amalga oshirgan va darhol Yevropaning nomdor jamoalari skautlari nazariga tusha boshlagan[2].
Chelsea skautlari xalqaro musobaqalardan birida uning o‘yinini kuzatib, unga sinov o‘yinlari o‘tkazishni taklif qilishgan. Xuddi shu paytda Fransiyaning Nice klubi ham yosh iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan. Miroslav o‘z iste’dodi bilan Chelsea skautlarida katta taassurot qoldirgan va 2006-yilda u Chelsea yoshlar akademiyasi bilan shartnoma imzolagan[3]. 2006–2007-yilgi mavsumda u 18 yoshgacha bo‘lgan jamoaning muntazam o‘yinchisi hisoblangan va 11 jamoa safida 11 golga mualliflik qilgan. Garchi u qanotda o‘ynagan bo‘lsa-da, mavsumni 18 yoshgacha bo‘lgan jamoaning eng yaxshi to‘purari sifatida yakunlagan. U 2007–2008-yilgi mavsumni yaxshi boshlagan va tezda asosiy jamoagacha ko‘tarilgan.
Stochning o‘zi 2007–2008-yilgi mavsum davomida asosiy jamoada debyut qilishiga umid qilayotganini aytgan, biroq bunga erisha olmagan[4]. Nihoyat, Stoch 2008-yil 30-noyabr kuni Arsenalga qarshi o‘yinda Chelsea safida ilk bor maydonga tushgan. U 80-daqiqada Deconing o‘rniga o‘yinga qo‘shilgan. Jamoa o‘sha o‘yinni 1:2 hisobida boy bergan. Stoch Chelseaning asosiy tarkibida ikkinchi bor 82-daqiqada Stoke Cityga qarshi o‘yinda Mikel Jon Obi o‘rniga maydonga tushgan va Chelseaning 2:1 hisobida g‘alaba qozonishida muhim rol o‘ynagan. Stoch yana Mikel o‘rniga Watfordga qarshi Angliya kubogi beshinchi bosqichida, o‘yinda Chelsea 1:0 hisobida ortda qolayotganida, asosiy vaqt tugashiga 20 daqiqa qolganda maydonga tushgan. O‘yin 3:1 hisobida Chelseaning foydasiga yakunlangan.
Twente
tahrir2009-yil 16-iyulda Twente klubi Stochni Chelseadan ijara asosida o‘z tarkibiga qo‘shib olgan[5]. Stoch Eredevisiedagi ilk o‘yinini Sparta Rotterdamga qarshi o‘tkazgan[6]. Stoch 2009-yil 20-sentabrda Heerenveenga qarshi o‘yinda ikkita gol urib, jamoasini 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam bergan[7]. 2009-yil 25-oktabrda Groningen bilan o‘yinda uzoq masofadan ajoyib gol urib, Twente jamoasiga 4:0 hisobida g‘alaba keltirgan. 2009-yil 31-oktabrda esa Roda ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabada ham gol urib, ham golli uzatma amalga oshirgan[8]. Twente NAC Breda bilan De Grolsch Veste stadionida 3:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda Stoch jamoasi gol o‘tkazib yuborganidan keyin ikkita gol urib, jamoani oldinga olib chiqqan. Stoch 2010-yil 2-mayda NAC Breda ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonilgan safar o‘yinida hal qiluvchi golni urgan va Twente Eredevisieda ilk bor chempion bo‘lgan[9][10]. Stoch mavsumni 10 ta gol (barcha musobaqalarda 12 ta) bilan yakunlagan va Twente safida deyarli har bir o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Fenerbahçe
tahrirStoch 2010-yil 11-iyunda Turkiyaning Fenerbahçe klubiga 5,5 million yevro evaziga sotib yuborilgan[11]. U 2010-yil 28-iyulda Chempionlar Ligasi saralash bosqichida Young Boysga qarshi o‘yinda debyut golini urgan va o‘yin 2:2 hisobidagi durrang bilan yakunlangan.[12]. Fenerbahçe 2010–2011-yilgi mavsumida 18-marotaba Turkiya superligasi chempionligini qo‘lga kiritgan, ushbu chempionlikka Stoch ikkita gol bilan o‘z hissasini qo‘shgan. 2012-yilda Fenerbahçe Stochnig ikki yillik shartnomasini uzaytirgan. U klub bilan 2015–2016-yilga qadar shartnoma imzolagan va 2012–2013-yilda yiliga 1,75 million yevro va har bir o‘yinda 15 000 yevro maosh olgan. Shartnomada keyingi yillarda u yiliga 1,75 milliondan 1,9 milliongacha oylik va har o‘yinda 16 000–17 000 yevro daromad olishi ko‘zda tutilgan edi[13]. 2013-yilda Stoch Gençlerbirliği jamoasiga qarshi o‘yinda jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarba bilan gol urib, 2012-yilgi FIFA Puskás mukofotini qo‘lga kiritgan. o‘sha yili u Falcao va oldingi g‘olib Neymarni ortda qoldirgan[14][15].
PAOK
tahrir2013-yil avgust oyida Stoch Fenerbahçe va PAOK klublari o‘rtasidagi kelishuv asosida bir yillik ijara shartnomasi bilan PAOK klubiga qo‘shilgan, ijara narxi 1 million yevroga baholangan[16][17] . U klub safidagi ilk golini UEFA Chempionlar Ligasi pley-off saralash bosqichining birinchi o‘yinida Schalke 04 jamoasiga qarshi urgan va o‘yin 1:1 hisobidagi durrang bilan yakunlangan.
Al Ain
tahrir2014-yil 3-iyulda u Fenerbahçe bilan 2018-yilgacha yangi shartnoma imzolagan. Keyinchalik Al Ain klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shilgan[18].
Bursaspor
tahrir2015-yil 22-avgustda Stoch Bursaspor klubiga Fenerbahçe va Bursaspor o‘rtasidagi kelishuv asosida bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shilgan[19]. 2016-yil yozida u Fenerbahçega qaytgan.
Slavia Prague
tahrir2017-yil 11-avgustda Stoch Chexiya klubi Slavia Prague bilan shartnoma imzolagan. U Ispaniya, Fransiya, Rossiya va Yaqin Sharqdagi boy klublardan takliflarni rad etgan. Uning bu tanloviga asosiy sabab UEFA Chempionlar Ligasi 2017–2018-yilgi mavsumining guruh bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyati bo‘lib, buning uchun klub APOELga qarshi pley-off o‘yinlarida ishtirok etishi kerak edi[20]. Stoch ikkala pley-off o‘yinida ham maydonga tushgan, biroq jamoasiga guruh bosqichiga yo‘llanma olishiga yordam bera olmagan. Kiprda 0:2 hisobida mag‘lubiyat va uy o‘yinidagi 0:0 hisobida durrangdan so‘ng, Stoch jarohati tufayli tanaffusda almashtirilgan. Slavia Chempionlar Ligasi musobaqasidan chiqib ketgan va UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichiga yo‘l olgan. 2017-yil 20-sentabrda MOL kubogi doirasida Třinecga qarshi 5:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, Stoch Slavia muxlislari bilan birga "Smrt Spartě" ("Spartaga o‘lim") shiorini baralla aytib, Chexiya Futbol Ligasi Intizomiy komissiyasi oldida javobgarlikka tortilgan[21][22].
U 2018-yil 9-may kuni FK Jablonecga qarshi o‘yinda gol urib, Slavia Praguega 2017–18 Chexiya kubogi finalida 3:1 hisobida g‘alaba keltirgan[23].
2018-yil 21-noyabrda Stoch Slavia bilan uch yillik yangi shartnoma imzolagan, bu uni 2022-yil iyunigacha klubda qolishiga sabab bo‘lgan[24]. 2019-yil 28-iyunda Stoch Gretsiyaga uchib, PAOK klubi bilan potentsial transferni muhokama qilishiga ruxsat berilgan[25]. Ertasi kuni Slavia Stochnig PAOK klubiga o‘tganini tasdiqlagan[26].
PAOKga qaytishi
tahrir2019-yil 29-iyun kuni PAOK Stochnig 1,5 million yevro miqdoridagi transfer to‘lovi va yiliga 750 000 yevrolik (bonuslar bilan) uch yillik shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgan[27] .
Zagłębie Lubin
tahrir2021-yil 1-fevralda u Zagłębie Lubin klubiga o‘tgan[28]. Stoch 2021-yil iyunida shartnomasining muddati tugashi bilan jamoani tark etgan[29].
Slovan Liberec
tahrir2021-yil 22-sentabrda u FC Slovan Liberec klubiga o‘tgan[30].
Motorlet Prague
tahrir2022-yil 17-sentabrda Stoch Motorlet Prague safida Sokol Hostouňga qarshi o‘yinda debyut qilgan va ushbu o‘yinda uning jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan[31].
Xalqaro faoliyati
tahrirStoch Slovakiya terma jamoasi safida ilk debyutini 2009-yil 10-fevral kuni Ukrainaga qarshi o‘tkazgan va 70-daqiqada maydonga tushgan. Uning ikkinchi o‘yini oradan atigi 24 soat o‘tib, Kiprga qarshi o‘tkazilgan. U o‘zining birinchi xalqaro golini 2009-yil 6-iyun kuni San Marinoga qarshi 2010-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida urgan. Stoch 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa safiga chaqirilgan. 2010-yil 7-sentabr kuni u Moskvada Rossiyaga qarshi o‘yinda Yevro-2012 saralash bosqichida yagona golni urib, jamoa g'alabasiga o‘z xissasini qo‘shgan[32][33]. 2014-yil 9-oktabrda Stoch UEFA Yevro 2016 saralash bosqichida amaldagi chempion Ispaniyaga qarshi o‘yinda o‘yin tugashiga uch daqiqa qolganda g‘alaba golini urgan va o‘yin 2:1 hisobida yakunlangan[34]. Stoch Yevro 2016 musobaqasida ham terma jamoa safida qatnashgan. Germaniyaga qarshi o‘yindan bir necha kun avval onasi vafot etgani sababli mashg'ulotlardan ozod qilingan.
Turnir davomida Stoch faqatgina Uelsga qarshi o‘yinda maydonga tushgan, 83-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan. Fransiyadan qaytayotganida Stoch terma jamoa bosh murabbiyi Yán Kozák kelisha olmay qolgan. 2016-yil avgust oyida Kozák Stoch bilan kelajakda hamkorlikni davom ettirishni tasavvur qilolmasligini aytgan va Stoch 2018-yil oktabr oyida Kozák iste’foga chiqmaguniga qadar milliy jamoaga chaqirilmagan[35].
Stoch milliy jamoaga 2018-yil noyabr oyida qaytgan. U milliy jamoaning yangi murabbiyi Pavel Hapal tomonidan Millatlar ligasi doirasidagi Ukraina va Chexiyaga qarshi o‘yinlarga chaqirilgan.
O‘yin uslubi
tahrirStoch o‘z o‘yinini futbolning ikki afsonasi — Ronaldinho va Ronaldoga qiyoslashini va maydonda ularning uslubini takrorlashga harakat qilishini aytib o‘tgan[36].
Statistikasi
tahrirKlublar safida
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Xalqaro | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Nitra | 2005–2006 | Slovakiya Superligasi | 4 | 0 | — | 0 | 0 | — | 4 | 0 | ||
Chelsea | 2008–2009 | Angliya Premyer-ligasi | 4 | 0 | — | 1 | 0 | — | 5 | 0 | ||
Twente (ijara) | 2009–10 | Eredivisie | 32 | 10 | 2 | 0 | — | 11 | 2 | 45 | 12 | |
Fenerbahçe | 2010–2011 | Turkiya Superligasi | 23 | 2 | 4 | 0 | — | 8 | 1 | 35 | 3 | |
2011–2012 | Turkiya Superligasi | 33 | 12 | 4 | 0 | — | — | 37 | 12 | |||
2012–2013 | Turkiya Superligasi | 17 | 0 | 6 | 0 | — | 9 | 0 | 32 | 0 | ||
2015–16 | Turkiya Superligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 2 | 0 | ||
2016–17 | Turkiya Superligasi | 9 | 0 | 6 | 1 | — | 6 | 4 | 21 | 5 | ||
Total | 82 | 14 | 20 | 1 | 0 | 0 | 25 | 5 | 127 | 20 | ||
PAOK (ijara) | 2013–14 | Gretsiya Superligasi | 30 | 7 | 6 | 2 | — | 10 | 1 | 46 | 10 | |
Al Ain (ijara) | 2014–15 | Arabian Gulf League | 24 | 9 | 4 | 3 | — | 8 | 1 | 36 | 13 | |
Bursaspor (ijara) | 2015–16 | Turkiya Superligasi | 25 | 1 | 3 | 1 | — | — | 28 | 2 | ||
Slavia Prague | 2017–18 | Chexiya 1-ligasi | 26 | 4 | 5 | 2 | — | 8 | 0 | 39 | 6 | |
2018–19 | Chexiya 1-ligasi | 33 | 12 | 2 | 0 | — | 14 | 2 | 49 | 14 | ||
Umumiy | 59 | 16 | 7 | 2 | 0 | 0 | 22 | 2 | 88 | 20 | ||
PAOK | 2019–20 | Gretsiya Superligasi | 11 | 0 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | 15 | 0 | |
Zagłębie Lubin | 2020–21 | Ekstraklasa | 8 | 0 | 1 | 0 | — | — | 9 | 0 | ||
Umumiy | 279 | 57 | 45 | 9 | 1 | 0 | 78 | 11 | 403 | 77 |
Xalqaro
tahrir- 7 June 2019[39]
Terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Slovakiya | 2009 | 9 | 1 |
2010 | 13 | 2 | |
2011 | 5 | 0 | |
2012 | 8 | 1 | |
2013 | 4 | 0 | |
2014 | 9 | 1 | |
2015 | 3 | 0 | |
2016 | 4 | 1 | |
2017 | 0 | 0 | |
2018 | 2 | 0 | |
2019 | 3 | 0 | |
Umumiy | 60 | 6 |
No. | Sana | Joy | Raqib | Gol | Natija | Musobaqa | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 6 June 2009 | Tehelné pole, Bratislava, Slovakiya | San Marino | 4–0 | 7–0 | 2010-yilgi Jahon chempionati saralashi | |||||||
2 | 11 August 2010 | Štadión Pasienky, Bratislava, Slovakiya | Xorvatiya | 1–1 | 1–1 | O‘rtoqlik uchrashuvi | 3 | 7 September 2010 | Lokomotiv Stadium, Moskva, Rossiya | Rossiya | 1–0 | 1–0 | |
4 | 29 February 2012 | Bursa Atatürk Stadium, Bursa, Turkiya | Turkiya | 2–0 | 2–1 | Friendly | |||||||
5 | 9 October 2014 | Štadión pod Dubňom, Žilina, Slovakiya | Ispaniya | 2–1 | 2–1 | ||||||||
6 | 29 March 2016 | Aviva Stadium, Dublin, Irlandiya | Irlandiya | 1–0 | 2–2 | O‘rtoqlik uchrashuvi |
Mukofotlari
tahrirTwente[40]
- Eredevisie: 2009–10
Fenerbahçe[40]
- Turkiya superligasi: 2010–11
- Turkiya kubogi: 2011–12, 2012–13
Al Ain[40]
- Birlashgan Arab Amirliklari Pro-Ligasi: 2014–15
Slavia Praga[40]
- Chexiya Birinchi Ligasi: 2018–19
- Chexiya kubogi: 2017–18, 2018–19
Shaxsiy[40]
- FIFA Puskás mukofoti: 2012
- Peter Dubovský mukofoti: 2009, 2010
Manbalar
tahrir- ↑ „Miroslav Stoch wins FIFA Puskas award“. sports.yahoo.com (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Poles enjoying home comforts“. UEFA.com (2007-yil 11-oktyabr). 2008-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Stoch podpísal zmluvu s Chelsea Londýn“ (Slovak). fcnitra.sk (2007-yil 11-oktyabr). 2008-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Starlet patient at Blues“. skysports.com (2007-yil 27-sentyabr). 2008-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Twente huurt talenten“ (Dutch). fctwente.nl (2009-yil 15-iyul). Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Twente move to Second“. sportinglife.com (2009-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Heerenveen niet opgewassen tegen Stoch“ (Dutch). nu.nl (2009-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 6-noyabr.
- ↑ „Twente verslaat onmachtig Groningen“ (Dutch). voetbalfan.nl (2009-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 6-noyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Stoch Stars in Twente title Triumph!“. chelsea.vitalfootball.co.uk (2010-yil 2-may). Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ De avonturen van Miroslav Stoch na zijn vertrek bij FC Twente vice.com
- ↑ „STOCH HAKKINDA“ (Turkish). fenerbahce.org (2010-yil 11-iyun). 2010-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Stoch reacts after scoring his first goal against BSC Young Boys during their Champions League soccer match in Bern“. uk.eurosport.yahoo.com (2010-yil 28-iyul). Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Fenerbahçe extend Miroslav Stoch contract“. turkish-football.com (2012-yil 14-iyun). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Yılın Golü Ödülü Miroslav Stoch'un!“ (Turkish). milliyet.com.tr (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Fenerbahce's Miroslav Stoch wins Fifa's goal of the year after superb volley against Genclerbirligi“. telegraph.co.uk (2013-yil 7-yanvar). 2013-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-yanvar.
- ↑ „el:Συμφωνία για Στοχ“ (Greek). tpaokfc.gr (2013-yil 7-avgust). 2013-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
- ↑ „Bilgilendirme“ (Turkish). fenerbahce.org (2013-yil 7-avgust). Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
- ↑ „Explanation: Loan deal“. fenerbahce.org. Fenerbahçe Futbol A.Ş. (2014-yil 3-iyul). 2015-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Πήρε Στοχ από τη Φενέρμπαχτσε η Μπούρσασπορ“ (Greek). sport24.gr. Sport 24 (2015-yil 22-avgust). Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ „Slavia has revealed a new reinforcement. I am here because of Champions League, Stoch said.“ (Czech) (2017-yil 11-avgust).
- ↑ „Slavia Praha - APOEL 2nd leg match summary“. UEFA.com (2017-yil 23-avgust). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „Stoch jde před disciplinárku. Za pokřik smrt Spartě mu hrozí trest“. idnes.cz (2017-yil 25-avgust). Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
- ↑ „Slavia Praha vs. Jablonec“. soccerway.com. Soccerway (2018-yil 9-may). Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ „Miroslav Stoch prodloužil smlouvu do roku 2022!“ (Czech). slavia.cz. Slavia Prague (2018-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
- ↑ „Miroslav Stoch má svolení odcestovat do Řecka“ (Czech). slavia.cz/. SK Slavia Prague (2019-yil 28-iyun). Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
- ↑ „Miroslav Stoch přestupuje do Řecka“ (Czech). slavia.cz/. SK Slavia Prague (2019-yil 29-iyun). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
- ↑ „Επίσημο: Στον ΠΑΟΚ ο Στοχ“ (Greek). www.sport24.gr (2019-yil 29-iyun). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
- ↑ „MIROSLAV STOCH ZAWODNIKIEM KGHM ZAGŁĘBIA LUBIN!“. Zagłębie Lubin (2021-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
- ↑ „Czterech zawodników odchodzi z Zagłębia“. Zagłębie Lubin (2021-yil 18-may). Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
- ↑ Knopp, Šimon „Posila do ofenzivy: Miroslav Stoch“. FC Slovan Liberec (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr.
- ↑ Machálek, René „Třetiligový klub vytasil slovenské eso! Angažoval bývalého hráče Chelsea“ (cs). sport.cz (2022-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Slovakia 2–3 Ukraine“. ukrainiansoccer.net (2009-yil 10-fevral). 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Team preview: Slovakia“. ESPN (2010-yil 3-iyun). 2010-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ Hunter, Graham. „Slovakia's Stoch strikes late to end Spain run“. UEFA (2014-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 9-oktyabr.
- ↑ Farkaš, Erik. „Stoch - Player in his best years and form refusing the national team topic“ (Slovak). ProFutbal.sk (2018-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Profile“ (Slovak). stoch.fsagency.eu (2007-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Miroslav Stoch career statistics“ (Turkish). mackolik.com (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Miroslav Stoch“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2013-yil 7-yanvar.
- ↑ „Miroslav Stoch“. European Football. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ 40,0 40,1 40,2 40,3 40,4 „Kariéra“ (Slovak). Miroslav Stoch Official Website. Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
Havolalar
tahrirVikiomborda Miroslav Stoch haqida turkum mavjud |
- Miroslav Stoch Soccerway saytida
- Miroslav Stoch paokfc.gr
- Miroslav Stoch Fenerbahçe.org