Mirumar Asadov
Mirumar Asadov (1927, Samarqand shahri) — meʼmorlik yodgorliklarini taʼmirlovchi usta, Oʻzbekiston Qahramoni (1996). Samarqand yodgorliklarni taʼmirlash bilim yurtini tugatgan (1941). Tojikiston davlat untida oʻqigan (1962 — 65). Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli opera va balet teatri binosi qurilishida (1947), Tojikistondagi qator yodgorliklarni taʼmirlashda ish-tirok etgan (1950 — 55). A. Samarqand shahridagi Ulugʻbek madrasasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Til-lakori Madrasa, shuningdek Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband maqbarasi, Toshkentdagi Yunusxon madrasasi va Qaldirgʻochbiy maqbarasini taʼmirlashda qatnashgan. A. aka-ukalari Us t a Mirusmon, Us t a Mir-saidlar bilan birga tarixiy obidalarni taʼmirlovchi ustalar sulolasini tarbi-yaladi. A. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |