Mirzo Fuzaylboy madrasasi
Mirzo Fuzaylboy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Mirzo Fuzaylboy madrasasi Kalabod guzarida[1], Buxoro shahrida bunyod etilgan boʻlib, uchinchi darajali oliy toifaga mansub boʻlgan. Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra madrasaning yillik vaqf mablagʻi 25 ming tangani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatida 1885-yil 7-may kuni valadi Mirzo Ubaydulloh Kalobod guzaridagi Labi hovuzda joylashgan madrasa uchun bir qator yerlarni vaqf qilgan. Madrasa uchun Komot tumanidagi Xoja Porso mavzesida 30 tanob xurri xolis yeri, Sariosiyo mavzesida bitta tegirmonini vaqf qiladi. Madrasa ikki qavatli boʻlib, 25 hujra, masjid, darsxona va maktabxonadan iborat boʻlgan. Madrasa gʻarbida guzarga qarashli maydon, shimoli, sharqi va janubida koʻcha mavjud boʻlgan. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Agar u vafot etsa, uning avlodlari ushbu vazifani bajargan. Olga Suxareva madrasada dars oʻtilmagani va u faqat yotoqxona vazifasini bajarganligi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Ehtimol inqilob arafasida madrasada taʼlim berish toʻxtab qolgan. Madrasaga oid yana uchta hujjat Abdusattor Jumanazarov tomonidan topib oʻrganilgan. Hujjatlarda madrasada faoliyat yuritgan mudarrislar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar mavjud. Jumladan mulla Muhammad Amin maoshi 7 tilla, mulla Nasriddin maoshi 10 tangani tashkil etgan[2].
Mir Kamol madrasasi 25 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Mirzo Fuzaylboy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Mirzo Fuzaylboy |
Binokorlik tashabbuschisi | Mirzo Fuzaylboy |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 25 ta |