Misr — Somali munosabatlari. Somali Respublikasi va Misr oʻrtasidagi xalqaro diplomatik, iqtisodiy, harbiy, madaniy va savdo aloqalar hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Misr va Somali hududlari oʻrtasidagi munosabatlar XVI asrgacha boʻlgan davrlarda nizoli hududlar boʻlgan[1].

Keyingi mustamlaka davrida Misr va Somali Birlashgan Millatlar Tashkilotining Somalidagi delegati Kamol al-Din Saloh bilan aloqada boʻlib, Somali hududlarining hududiy yaxlitligini saqlab qoldi. 1960-yilda Somali mustaqillikka erishgach, Misr uni tan olgan birinchi davlatlardan biri boʻldi. 1969-yilda Misr va Somali Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) taʼsischi aʼzolari boʻldi[1].

1991-yilda Somalida fuqarolar urushi boshlanganidan soʻng, Misr Mogadishudagi elchixonasini yopdi, ammo ushbu davrda ham oʻzaro aloqalar olib borib turildi. Shunga qaramay, Misr tinchlik jarayonini boshlash uchun Somaliga yordam berdi. Xalqaro aloqa guruhining bir qismi sifatida Misr hukumati Somali tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha turli xalqaro sammitlarda, jumladan 2006-yilda Xartum konferensiyasida, 2008-yilda Jibuti konferentsiyasida va 2010-yilda Qohira konferensiyasida ishtirok etdi[1][2].

Rivojlanish sohasidagi hamkorlik

tahrir

Misr va Somali hukumatlari Arab Ligasi va Misrning Afrika bilan texnik hamkorlik jamgʻarmasi orqali yaqindan hamkorlik qilmoqda. Somali Diplomatik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda Misr hukumati 2010-yilda Somalining davlat hokimiyati organlarida ishlash uchunochiq oʻquv kurslarini tashkil etdi[1].

2013-yil iyun oyida Misr Mudofaa vazirligi rasmiylari Milliy Mudofaa vazirligi binosini tiklashda yordam berish uchun Mogadishuga kelishdi. Admiral Farah Karening soʻzlariga koʻra, Misr delegatsiyasi qisqa vaqt ichida Somali armiyasi shtab-kvartirasi uchun yangi binoni loyihalashtirgan hamda qurgan eng tajribali muhandislardan iborat boʻlgan[3].

2014-yil oktabr oyida Somali tashqi ishlar vaziri Abdirahman Duele Bayl Misrning Somalidagi vaqtinchalik ishlar vakili Muhammad Mandur bilan uchrashdi. Somali hukumatini federal hukumatning mojarodan keyingi qayta qurish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashiga va ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga ishontirdi.

2014-yilning noyabr oyida Beyl va Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud Mogadishoda Misrning Somalidagi yangi elchisi Moulid Ismoil bilan uchrashdi. Rasmiy uchrashuvda Ismoil oʻz maʼmuriyati taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida Somaliga moliyaviy yordamni ikki baravar oshirishni takidlab oʻtdi[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Somalia - Brief History“. Arab Republic of Egypt, Ministry of Foreign Affairs. 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
  2. „Communiqué on Secretary-General’s Mini-Summit on Somalia“. United Nations. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  3. „Egypt to help re-build Somali Ministry of Defence“. Sabahi (2013-yil 5-iyun). 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  4. „SOMALIA: President Mohamud receive New Egyptian ambassador to Somalia“. Raxanreeb (2014-yil 15-noyabr). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.