Misr (Samarqand)

Samarqand yaqinidagi qishloq

Misr — Samarqand shahridan janubda (hozirgi Samarqand viloyati hududi) joylashgan qishloq.

Tarixi tahrir

Tarixchi Ibn Arabshohning maʼlumotiga koʻra, Misr qishlogʻi XIV asr oxirida Amir Temur tomonidan asos solinib, musulmonlarning yirik shaharlaridan biri boʻlgan Qohira (Misr) sharafiga qoʻyilgan[1]. Vasiliy Vyatkinning tadqiqotlari tufayli Misr XX asrda Samarqandning janubida, Dargʻomning chap qirgʻogʻi yaqinida, Abbos Va Qoranuas ariqlarining quyi tomonlarida joylashgan „toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi keng shaharcha“ ekanligi maʼlum boʻladi. Misrdan uzoq boʻlmagan joyda Amir Temurning „Davlatobod“ bogʻi joylashgan[2]. Bu qishloq orqali 1404-yil avgust oyida Amir Temur saroyiga kastiliyalik elchi Rui Gonsales de Klavixo kelgan.

Manbalar tahrir

  1. Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1963, s. 266
  2. Yakubovskiy, Aleksandr. „Obrazi starogo Samarkanda“ (rus tilida). Vostok. Moskva: Vsemirnaya literatura (1925), s. 156. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.

Adabiyotlar tahrir