Mit Abu Gʻolib
Mit Abu Gʻolib (arabcha: ميت أبو غالب) Misrning Dumyot muhofazasidagi Kafr Saad markazidagi shahar[1]. Dastlab qishloq boʻlgan, 1998-yilda shahar maqomi berilgan. Fir’avnlar davridan beri maʼlum boʻlgan bu manzilgoh oʻzining qayiqchilik sanoati hamda Nil orqali yuklarni tashiydigan eski porti bilan mashhur.
Mit Abu Gʻolib arabcha: ميت أبو غالب | |
---|---|
Shahar | |
31°17′35.06″N 31°39′25.48″E / 31.2930722°N 31.6570778°E | |
Mamlakat | Misr |
Muhofaza | Dumyot muhofazasi |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
|
Hozirgi vaqtda Mit Abu Gʻolib Dumyot muhofazasidagi eng yirik yer usti transporti avtoparklaridan biriga ega. Shaharning koʻplab aholisi meʼmorlik va pudratchilik bilan mashgʻul, bir qismi esa eksport va import bilan shugʻullanadi.
Shaharda toʻlaqonli markaziy, yuqori maktab, hunarmandchilik bilim yurti, 2 ta oʻrta maktab hamda Azhariy instituti bor. Bu yerda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan shifoxona hamda ikkita tez yordam mashinasiga ega tez yordam boʻlimi mavjud.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „بوابة الأهرام“. Qaraldi: 2013-yil 4-iyul.