Miuccia Prada

italiyalik dizayner va tadbirkor

Miuccia Prada Bianchi (talaffuzi: Miuchchia Prada Bianki, 1949-yil 10-may, Milan, Italiya) – taniqli italyan modelyeri, Prada moda imperiyasining asoschisi Mario Pradaning nabirasi, milliarder[1]. Prada bosh dizayneri va uning shoʻba korxonasi – Miu Miu asoschisi[2]. 2021-yil oktabr holatiga koʻra, Forbes uning boyligini 4,8 milliard dollarga baholagan[3]. 2021-yil iyun oyida Bloomberg uning boyligini 6,62 milliard dollar deb baholadi[4].

Miuccia Prada
Tavalludi 10-may 1949-yil (1949-05-10) (75 yosh)
Fuqaroligi Italiya
Mukofotlari Andoza:Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni katta xochi

Mario Pradaning eng kenja nevarasi Miuccia Prada 1978-yilda oilaviy hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi shirkat egasi boʻldi. Oʻshandan beri kompaniya Jil Sander, Helmut Lang va poyabzal ishlab chiqaruvchi Church & Co shirkatini sotib olgan[5][6][7]. 2002-yilda Prada oʻzining zamonaviy sanʼat muzeyini ochdi[8].

2014-yil mart oyida Prada Forbes jurnalining Dunyoning eng qudratli ayollari roʻyxatida 75-oʻringa qoʻyildi. Oʻshanda uning boyligi 11,1 milliard dollarga teng edi[9][10][11].

Biografiyasi

tahrir

1949-yil 10-mayda Milanda tugʻilgan, 1980-yillarda xolasi tomonidan asrab olinganidan keyin Miuccia Prada ismini olgan. Uning biologik ota-onasi Luigi Bianchi va Luisa Prada edi. Uning ikkita katta akasi bor – Albert va Marina[12].

Milandagi Liceo Classico Berchet oʻrta maktabida oʻqigan va Milan universitetida siyosatshunoslik fanlari nomzodi darajasini olgan[13][14].

Prada Teatro Piccoloda mim artisti boʻlgan[15]. Italiya Kommunistik partiyasining aʼzosi boʻlgan va 70-yillarda Milanda ayollar huquqlarini himoya qilish harakatida ishtirok etgan.

70-yillarning oʻrtalariga kelib, Prada oʻzining bobosi tomonidan 1913-yilda asos solingan hashamatli charm sumkalar ishlab chiqarish boʻyicha oʻz oilaviy biznesiga kirdi. U dastlab aksessuarlar dizaynini nazorat qildi. 1978-yilda u boʻlajak turmush oʻrtogʻi va biznes sherigi Patrizio Bertelli bilan uchrashdi[16].

Pradaning birinchi muvaffaqiyatli sumka dizayni 1985-yilda boʻlgan. Bu qora, nozik toʻqilgan neylon sumkalar liniyasi edi. 1989-yilga kelib, u oʻzining birinchi ayollar kiyimlari toʻplamini ishlab chiqdi va taqdim etdi[17]. 1995-yilda u oʻzining birinchi erkaklar kiyimlarini ishlab chiqardi. Miu Miu liniyasi 1992-yilda uning shaxsiy garderobidan ilhomlangan arzonroq ayollar kiyimi sifatida taqdim etilgan[18].

1994-yilda Prada oʻz kolleksiyalarini Nyu-York va London moda haftaliklarida namoyish etdi. Pradaning eri Bertelli mahsulotlarning tijorat tomoni va Prada chakana savdo strategiyasi uchun javobgar edi. Dizayn uyi Helmut Lang, Jil Sander va Azzedine Alaïa kabi nomlarni oʻz ichiga olgan konglomeratga aylandi. Kompaniya charm buyumlar, poyabzal, atirlar va erkaklar va ayollar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarishni kengaytirdi.

2014-yildan boshlab Prada eri bilan birga Prada kompaniyasining bosh direktori hisoblanadi[19].

2020-yilda Prada brendning yakuniy kolleksiyasini taqdim etdi: COVID-19 pandemiyasi tufayli Martine Syms va Juergen Teller rejissyorlik qilgan qisqa metrajli filmlar ketma-ketligida namoyish etildi[20].

2010-yilda Prada Nyu-York Metropolitan Opera teatrida Verdining „Attila“ operasi uchun liboslar yaratdi[21].

2014-yil boshida Prada va Patricio Bertelli Milan prokuraturasi tomonidan soliq toʻlashdan qochish boʻyicha tergovga tortilgan[22]. 2016-yilda ikkalasi ham soliq nizolarini hal qilish uchun 400 million yevrodan (429 million dollar) koʻproq soliq toʻlashdi[23].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Prada tadbirkor Patrizio Bertelli bilan turmush qurgan. Ularning ikki oʻgʻli 1988 va 1990-yillarda tugʻilgan, kattasi ralli haydovchisi Lorenzo Bertelli edi[24][25][26][27]. Ular Miuccia tugʻilgan uyda yashaydi[28].

Prada zamonaviy sanʼat kolleksiyachisi va yosh britaniyalik rassomlarning bir nechta sanʼat asarlariga egalik qiladi[29]. U rassomlar Cindy Sherman va Francesco Vezzoli bilan doʻstdir[29].

Mukofotlari

tahrir
  • „Council of Fashion Designers of America“, 1993
  • Premio Leonardo Qualità Italia, 1998
  • Wallpaper Design Award, 2007

Manbalar

tahrir
  1. Women in Fashion biography, 2011-02-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-11-03
  2. Craven. „Miuccia Prada – Biography“. Vogue. 2011-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-oktyabr.
  3. „Forbes profile: Miuccia Prada“. Forbes. Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
  4. – Bloomberg.com
  5. Journal, Deborah BallStaff Reporter of The Wall Street. „Prada to Buy U.K. Shoemaker Church In Latest Bid to Shift to Luxury Goods“ (en-US). The Wall Street Journal (1999-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  6. „PRADA BUYS LANG OUT“ (en-GB). British Vogue (2004-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  7. News, Bloomberg. „Prada Will Buy Control of Jil Sander“ (en-US). The New York Times (1999-yil 31-avgust). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  8. Alexander, Hilary. „Miuccia Prada to present the Turner Prize“. The Daily Telegraph (2010-yil 15-oktyabr). 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-noyabr.
  9. Cartner-Morley, Jess; Mirren, Helen; Huffington, Arianna; Amos, Valerie. „The 50 best dressed over-50s“. The Guardian (2013-yil 28-mart).
  10. „The World's 100 Most Powerful Women“. Forbes. Qaraldi: 2014-yil 26-iyun.
  11. „Miuccia Prada – In Photos: Billionaires 2014: The World's Richest Women“. Forbes (1970-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  12. Thomas, Dana. Deluxe. New York: Penguin Press, 2007 — 65-bet. 
  13. Craven. „Miuccia Prada – Biography“. Vogue. 2011-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-oktyabr.
  14. „Miuccia Prada on Communism and Why She's Against Beauty“ (en-us). The Cut (2015-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-sentyabr.
  15. „73 Minutes with Miuccia Prada“. New York Magazine (2012-yil 28-may).
  16. Susannah Frankel (February 21, 2004), Miuccia Prada: The feeling is Miuccia The Independent
  17. Lauren Indvik (December 4, 2020), Miuccia Prada on breaking the luxury machine Financial Times.
  18. „Miuccia Prada | Biography, Designs, & Facts“. Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  19. Davis, Peter G.. „Muti and 'Attila' to Make Debuts at Metropolitan Opera“. The New York Times (2010-yil 17-fevral). Qaraldi: 2018-yil 24-may.
  20. Lauren Indvik (December 4, 2020), Miuccia Prada on breaking the luxury machine Financial Times.
  21. „Miuccia Prada Becomes Co-CEO“. British Vogue (2014-yil 17-fevral). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  22. Manuela D’Alessandro and Isla Binnie (January 10, 2014), Prada owners under investigation for tax avoidance: sources Reuters.
  23. Emilio Parodi (December 5, 2016), Prosecutors seek to close Prada CEO tax case: sources Reuters.
  24. Gómez. „Lorenzo Bertelli, el hijo piloto de Miuccia Prada que despunta en el imperio familiar“ (2020-yil 4-iyul).
  25. Evans. „WRC Commission president slams Lorenzo Bertelli's Portugal claims“. Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  26. „Prada's Scion Steps Off the Racetrack and Into the Executive Suite“ (en). Bloomberg.com (2018-yil 7-iyun). Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  27. „Miuccia Prada“ (en). Vogue Australia (2011-yil 15-iyun). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  28. Susannah Frankel (February 21, 2004), Miuccia Prada: The feeling is Miuccia The Independent
  29. 29,0 29,1 „73 Minutes with Miuccia Prada“. New York Magazine (2012-yil 28-may).

Havolalar

tahrir