Mixail Bulgakov
Mixail Bulgakov (1891, Kiyev 1940, Moskva) — rus yozuvchisi. 1920-yillarda roman, novella va qissalar, pyesalar, ssenariylar, koʻplab felyetonlar muallifi sifatida tanilgan. U asosan Rossiya fuqarolar urushi dahshatlari, inqilob va fuqarolar urushi davridagi rus ziyolilari va chor armiyasi zobitlarining taqdiri haqida yozgan. Yozuvchining “Usta va Margarita” romani unga katta shuhrat olib keldi va XX asr durdonalaridan biri sifatida tan olindi.
Mixail Bulgakov | |
---|---|
Tavalludi | 3 (15) may 1891[1] |
Vafoti | 10-mart 1940[2][3][4] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[2] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Ukrainian People's Republic, Ukrainian State, South Russia va SSSR |
Hayoti va ijodi
tahrir1901-yilda Bulgakov birinchi Kiev gimnaziyasiga o'qishga kirdi. U yerda rus va Yevropa adabiyotiga (uning sevimli yozuvchi va shoirlari Gogol, Pushkin, Dostoyevskiy, Saltikov-Shchedrin va Dikkenslar bo‘lgan), teatr va operaga qiziqish uyg'otdi. Uning adabiy didining shakllanishiga gimnaziya o‘qituvchilari katta ta’sir ko‘rsatadilar. 1907-yilda otasining o'limidan so'ng, Mixailning onasi uning ta'limini o'z zimmasiga oladi. 1909-yilda gimnaziyani tugatgandan so'ng [5] Bulgakov Kiev universitetining tibbiyot fakultetiga o'qishga kirdi va uni yaxshi baho bilan tugatdi (1916). Keyin u Kiev harbiy gospitalida shifokor lavozimida ishlay boshladi.
Ilk toʻplami „Iblisnoma“da (1925) jamlangan hajviyoti oʻsha davr matbuotida katta shovshuvga sabab boʻladi. „Oq gvardiya“ (1925—1927) tugallanmagan romani mavzuyi asosida „Turbinlar kuni“ pyesasini yozadi (1926-yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida „Qochish“ (1926—28; 1957-yilda sahnalashtirilgan) pyesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin oʻzgarish, „oqlar“ harakati gʻoyasi, muhojirlik yoʻlining samarasizligi aks etgan. „Zoykaning uyi“ (1926-yilda sahnalashtirilgan), „Baxmal orol“ (1928-yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va ahloqini mazax qiladi. Biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. Uning ba'zi asarlari (“Parvoz”, 1922-1926 yillardagi barcha asarlari va boshqalar) Sovet hukumati tomonidan va shaxsan Iosif Stalin tomonidan "muhojirlik va oq generallarni ulug'lash" qarori qabul qilinganidan keyin taqiqlangan[6]. Boshqa tomondan, Stalin "Turbinlar kunlari" ni (shuningdek, "Turbin birodarlar " deb ham ataladi) juda yaxshi ko'rardi va ba’zi manbalarga ko'ra, uni kamida 15 marta ko'rgan.
1913-yilda Bulgakov Tatyana Lappa bilan turmush quradi. Birinchi jahon urushi boshlanganda u Qizil Xochda ko'ngilli shifokor sifatida ishlagan va to'g'ridan-to'g'ri frontga yuborilgan. U yerda kamida ikki marta og'ir yaralangan. Bulgakovning bu jarohatlari unga uzoq vaqt o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Surunkali og'riqni bostirish uchun u o'ziga morfin yubordi. Keyinchalik uning bu moddaga bo‘lgan ehtiyoji kuchayib bordi. 1918-yilda u morfindan voz kechdi va uni boshqa ishlatmadi. 1926-yilda nashr etilgan "Morfin" kitobi uning o'sha sinovli davr haqidagi hikoyasidir.
1920-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi. Uning asarlari nashr etilishdan to‘xtaydi. Pyesalari ham teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 1930-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi boʻlib ishlaydi. Gogolning „Oʻlik jonlar“ (1932) asarini sahnalashtiradi. „Janob de Molyer hayoti“ biografik povestida (1932—33-yillarda yozilib, 1962-yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy sanʼat bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. Uming „Ityurak“ asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan.
1940-yil 10-martda Mixail Afanasyevich Bulgakov nefrosklerozdan[7] (irsiy buyrak kasalligi) vafot etdi. Uning otasi ham xuddi shu kasallikdan vafot etgan. Bulgakovda ham bu kasallik borligi taxmin qilingan. 11-mart kuni Sovet Yozuvchilar uyushmasi binosida fuqarolik dafn marosimi bo'lib o'tdi. U Moskvadagi Novodevichy qabristoniga dafn etilgan.
“Usta va Margarita”
tahrirU 30-yillardan umrining oxirigacha „Usta va Margarita“ romani ustida ishlaydi (1966—67-yillarda nashr etilgan). 1939-yilda Mixail Bulgakov o'zining yaqin do'stlari o‘rtasida "Usta va Margarita" asarining o‘zaro muhokamasini tashkil qiladi. Oradan o‘ttiz yil o‘tib Yelena Bulgakova o‘z kundaligida “O‘sha oqshom asar o‘qib bo‘lingach: “Mayli, ertaga romanni nashriyotga olib ketaman!” dedi. Bu gapdan so‘ng hamma jim bo'ldi. Bu qaror yig‘ilganlarni tashvishga soldi. P. Markov keyinroq eshik oldida qoʻrquv bilan menga romanni nashr etishga urinish yomon oqibatlarga olib kelishini tushuntirishga urindi”, deb yozadi(1939-yil may)[8]. „Usta va Margarita“ Qodir Mirmuhamedov tomolidan oʻzbek tiliga tarjima kilingan (1987)[9].
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Bulgakov timeline /Краткая хроника жизни и творчества М.А.Булгакова“. www.m-a-bulgakov.ru. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-oktyabr.
- ↑ Mikhail Bulgakov in the Western World: A Bibliography Mikhail Bulgakov in the Western World: A Bibliography
- ↑ Zilberstein, Gleb; Maor, Uriel; Baskin, Emmanuil; D'Amato, Alfonsina; Righetti, Pier Giorgio (2016). "Unearthing Bulgakov's trace proteome from the Master i Margarita manuscript". Journal of Proteomics 152: 102–108. doi:10.1016/j.jprot.2016.10.019. ISSN 1874-3919. PMID 27989937.
- ↑ „Mikhail Bulgakov Biography“. www.homeenglish.ru. Qaraldi: 2011-yil 10-oktyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |