Mixail Rudiy
Mixail Rudiy (1953-yil 3-aprel, Toshkent) – rus-fransuz pianisti[1], Gran-pri mukofoti sovrindori.
Mixail Rudiy | |
---|---|
Tavalludi |
3-aprel 1953-yil |
Janrlar | klassik musiqa |
Kasbi | pianist |
Faoliyat yillari | 1977– |
Fuqaroligi | SSSR Fransiya |
Veb-sayt | http://www.mikhail-rudy.com |
Biografiyasi
tahrirMixail Rudiy 1953-yil 3-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan. Bolaligida Voronej va Novosibirskda yashagan, yoshligi Donetskda oʻtgan[2]. Moskva konservatoriyasida Yakov Fliyer sinfini tamomlagan[3].
Pianinochi Mixail 1975-yil Parijda boʻlib oʻtgan dunyodagi eng muhim pianino tanlovlaridan biri Long et Thibault tanlovida gʻolib chiqdi. 1977-yilda yana Parijga gastrol safariga bordi va SSSRga qaytishdan bosh tortdi. Mixail Moishe Shagalning 90 yilligi sharafiga oʻtkazilgan konsertda debyut qildi. U Lyudvig van Beethovenning „Uchlik“ konsertini Isaak Stern va Mstislav Rostropovich bilan birga ijro etgan[4].
Mixail dunyoning yetakchi dirijyorlari, jumladan Herbert von Karajan va Lorin Maazel bilan birga chiqish qilgan. Ayniqsa Maris Yansons bilan yaqin hamkorlik qilgan. Modest Musorgskiy tomonidan yozilgan „Kartinki s vistavki“ni, Frédéric Chopin, Brams logannes, Franz Liszt, Chaykovskiy, Raxmaninov asarlaridan iborat qator albomlarni, Frank va Griegning Pyer Amuyal bilan birga skripka va pianino uchun sonatalarini Richard Vagner musiqasiga moslashtirgan holda disk chiqardi.
Rudiy 2008-yilda „Roman pianista“ avtobiografik kitobini nashr ettirgan (fransuzcha: Le roman d'un pianiste).
Rudiy televideniyeda eksperimental video suratga olish va yozishda boshlovchi boʻlib faoliyat yuritgan. U BBC televideniyesida Chaykovskiyning hayoti va ijodi haqidagi hujjatli film va Aleksandr Skryabin, Brams Iogannes, Karol Szymanowski va Leoš Janáček kabi bastakorlarning hayoti va ijodiga bagʻishlangan Fransiya-Musique uchun radio loyihalarini tayyorlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Михаил Рудый“. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
- ↑ „The Sydney Morning Herald“. Entertainment >> Arts (2008-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 7-iyul.
- ↑ „Mikhail Rudy“. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
- ↑ „Mikhaïl Rudy : sur scène, je vis les plus beaux moments de ma vie“. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.