Moʻgʻul tillari — moʻgʻul xalqlari tillari guruhi. Umumiy soʻzlashuvchilar soni taxminan 7 mln. kishidan iborat. Ushbu tillar guruhini oltoy tillarite. qoʻshish mumkinligi haqida farazlar ham bor. Moʻgʻul tillari qachonlardir (16—17-asrlargacha) yagona til boʻlgan moʻgʻul tili lahjalarining rivojlanishi natijasidir. Ular quyidagicha tasniflanadi: asosiy Moʻgʻul tillari — hozirgi mongol tili, buryat tili, qalmox, tili; marginal (chekka) Moʻgʻul

Moʻgʻul tillari
Joʻgʻrofiy
taqsimlanishi:
Lingvistik turkumlanishi: Default
  • Moʻgʻul tillari
Boʻlinishi:

tillari — Afgʻonistondagi mogʻol, Xitoyning shim.-sharqidagi dagʻur, Gansu va Sinxay viloyatlaridagi mongʻor, dunsyan, baoan tillari. Asosiy Moʻgʻul tillari uchun 13-asrdan 20-asr boshlarigacha (qalmoqtili uchun — 17-asr oʻrtasigacha) yagona qad. yozuvli moʻgʻul tili qoʻllanib kelgan. Marginal Moʻgʻul tillariga eroniy til va lahjalar, xitoy va tibet tillari kuchli taʼsir koʻrsatgan. Asosiy Moʻgʻul tillari fonologik jihatdan singarmonizmga asoslangan, grammatik qurilishiga koʻra esa suffiksal-agglyutinativ til hisoblanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil