Mobil pornografiya
Mobil pornografiya (shu jumladan voyaga yetganlar uchun mobil kontent yoki mobil erotika) – mobil telekommunikatsiya tarmoqlari orqali mobil qurilmalarda, asosan, mobil telefonlar, planshetlar va smartfonlarda isteʼmol qilinadigan pornografik kontent[1].
Tarixi
tahrirInternet va pullik televideniyeda boʻlgani kabi, voyaga yetganlar uchun moʻljallangan kontent sanoati mobil qurilmalardan kontent tarqatish uchun foydalangan birinchi ommaviy axborot vositalaridan biri boʻldi. 2002-yilda Private Media Group voyaga yetganlar uchun moʻljallangan media kompaniyasi sifatida birinchi boʻlib alohida mobil mutaxassisni ishga oldi. Ushbu tashabbus sanoatdagi birinchi voyaga yetganlar uchun SMS xizmatlari, erotik mobil kontent tarqatish va isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri kichik hajmdagi videolarni taqdim etuvchi Private Mobile internet-saytini (WAP) yaratishga olib keldi[2][3][4][5][6]. Ushbu xizmat, rangli ekranli funktsional telefonlardan foydalanuvchi Privatening koʻpayib borayotgan Yevropa mijozlariga moʻljallangan edi.
2000-yillarning oʻrtalaridan boshlab koʻplab mobil aloqa operatorlari foydalanuvchi yoshini tekshirish tizimlari va sanoat tomonidan boshqariladigan reyting darajalarini joriy qildi, bu asta-sekin voyaga yetganlar uchun moʻljallangan kontentni koʻrishga rozilik berganidan keyin mobil erotikani qonuniy ravishda sotib olish imkonini berdi[7].
2007-yilda smartfonlar va keyinroq planshetlar paydo boʻlishi bilan rivojlangan bozor abonentlarining koʻpchiligi mobil aloqa operatorlarining yopiq jamoalarini tark etib, mobil qurilmalarda va ilovalarda internet orqali mobil erotikani koʻrishni afzal koʻrdi.
Dastlab, Applening keng tarqalgan iPhone telefonlari mobil erotika sanoatining oʻsishiga yordam beradi, deb taxmin qilingan edi[8]. 2007-yilda asl iPhone chiqqanidan soʻng iPhone Porn qidiruv soʻrovi mashhurlikka erishdi[9]. iPhone foydalanuvchilarining 37% oʻz qurilmalarida video tomosha qilgan[10]. Biroq, Apple bosh direktori Stiv Jobs App Storeda hech qachon voyaga yetganlar uchun mo'ljallangan kontent sotilmasligini aniq qilib aytdi[11] va minglab shunga oʻxshash ilovalar u yerda taqiqlangan[12]. Biroq, Applening voyaga yetganlar uchun ilovalarga taqiq qoʻyishi amaliy emas va samarasiz deb tanqid qilindi[13].
Mobil va video sanoatidagi boshqa kompaniyalar vaziyatdan foydalandilar. Google har qanday ilovani odob-axloq qoidalari doirasida qoʻllab-quvvatladigan yangi Android Market telefon tizimini yaratdi. Shu vaqtdan boshlab MiKandi va shu kabi boshqa mobil internet-nashriyotlari voyaga yetganlar uchun maxsus ilovalar doʻkonlari bozordagi ushbu boʻshliqdan foyda koʻrdilar.
2002-yilda tashkil etilganidan keyin, dastlabki sakkiz yil ichida mobil erotika biznesining hajmi 2,3 milliard dollarga yetadi deb taxmin qilingan edi[14].
Shimoliy Amerika
tahrirShimoliy Amerikada mobil erotika bozori Yevropa bozoridan farqli boʻlib, operatorlar voyaga yetganlar uchun moʻljallangan saytlarga obuna toʻlovlarini SMS orqali billing qilish xizmatlari kabi toʻlov mexanizmlaridan foydalanishga ruxsat berishga shoshilmasdan bozor oʻsish sur’atlarini sekinlatmoqda. Muqobil biznes modellari YouTubega oʻxshash video hostingi uslubidagi bepul videolarni taqdim etishni va reklamalar orqali monetizatsiya qilishni oʻz ichiga oladi. Reklamalarni koʻrish orqali foydalanuvchilar bepul videolarni tomosha qilishlari mumkin.
Verizon Wireless va Sprint Corporation 2008-yilda oʻz tarmoqlarida voyaga yetganlar uchun moʻljallangan kontentni koʻrishga ruxsat berishini eʼlon qildilar va bolalar uchun ushbu kontentga kirishni oldini olish ustida ishlay boshladilar. Uzoq muddatda ushbu kompaniyalar oʻz tarmoqlarida mobil veb-saytlar orqali bozor oʻsishidan foydalanish uchun yoshga oid, siyosiy va diniy toʻsiqlarni yengib oʻtishi kutilgan edi[15].
Tanqid
tahrirMobil pornografiyaning bolalarga yoqimsiz va tartibga solinmagan kontenti taʼsiri haqida baʼzi tanqidlar ham bildirilgan[16][17]. Biroq, ko'pgina mobil aloqa operatorlari foydalanuvchi yoshini tekshirish tizimlarini joriy qildilar, ular pornografiyani telefon orqali sotib olishni xohlagan abonentlar qonuniy ravishda voyaga yetganlar uchun mo'ljallangan kontentni ko'rishga rozilik berganini isbotlashni talab qiladi.
PSP ni yaratgan Sony kompaniyasi PSP pornografiyasining tarqalishidan norozi ekanliklarini aytishadi, ammo uning tarqalishini toʻxtata olmasliklarini taʼkidlashadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Lynn, Regina „Porn Is Going Mobile“. Wired (2004-yil 29-oktyabr). 2008-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
- ↑ Private in largest campaign to push adult SMS services (Wayback Machine saytida 2012-07-22 sanasida arxivlangan).
- ↑ [1] (Archive.is saytida 2013-04-21 sanasida arxivlangan).
- ↑ [2] (Archive.is saytida 2013-04-21 sanasida arxivlangan).
- ↑ [3] (Archive.is saytida 2013-05-05 sanasida arxivlangan).
- ↑ [4] (Archive.is saytida 2013-04-21 sanasida arxivlangan).
- ↑ [5] (Archive.is saytida 2014-02-09 sanasida arxivlangan).
- ↑ Caplan, Jeremy „The iPhone's Next Frontier: Porn“ (deadlink). Time magazine (2008-yil 18-iyun). 2013-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
- ↑ „Google Trends“. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
- ↑ The Nielsen Company (2008-yil 15-iyul). „Nielsen Provides iPhone Statistics“. Press-reliz. 19-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2008-yil 20-avgust.
- ↑ „Steve Jobs Offers World Freedom From Porn“ (2010-yil 1-iyul). 2010-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
- ↑ Brice, Kath „Apple bans thousands of adult apps from Store“. Games Industry International. 2018-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-may.
- ↑ „Is the Apple Store Ban on Mobile Porn Apps Effective?“. F*ckedApps. 2013-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-may.
- ↑ Ryan, Emmet „Mobile porn market set to explode“. The Register (2006-yil 28-noyabr). 2018-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
- ↑ Carew, Sinead „Porn to spice up cell phones“. Reuters (2008-yil 30-yanvar). 2009-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-avgust.
- ↑ „Children 'can access mobile porn“. BBC News. BBC (2006-yil 2-fevral). 2012-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
- ↑ Rafferty, Tom „Boy cited for taking porn to school“ (deadlink). Bismarck Tribune. Lee Enterprises (2006-yil 25-aprel). 2006-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.