Mogote ( /məˈɡti/ )[1] - ohaktosh, marmar yoki dolomitdan tashkil topgan, asosan tropik mintaqalardagi muhofaza qilinadigan tik qirrali qoldiq tepalik. Mogotelar joylashgan hudud atroflari allyuvial tekisliklar bilan o'ralgan. Tepaliklar odatda gumbazga o'xshash, minorasimon shaklga ega.

Kuba davlati hududidagi Vinales vodiysida joylashgan gumbazga o'xshash, minorasimon shakldagi mogote tepaliklari.

Bu atama tropik mintaqalarda allyuvial tekisliklar bilan o'ralgan, ular hosil bo'lgan karbonat qatlamlari mavjud yoki yo'qolib ketganidan qat'i nazar, muhofaza qilinadigan juda tik, deyarli vertikal, devorlari bo'lgan tepaliklar uchun ishlatiladi[2][3].

Mogotelar butun dunyo bo'ylab tropik va subtropik mintaqalarning karst hududlarida keng tarqalgan, ya'ni janubiy Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Filippin, Tailand va Vetnam ; shuningdek, Karib dengizi, ayniqsa Kuba va Puerto-Rikoda . Dominikan Respublikasidagi Los-Haitises milliy bog'i - mogotelarni o'z ichiga olgan yana bir karst hududi[4].

Mogote so'zi bask tilidagi "mokoti " so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "o'tkir uchli" (" moko " "tog' cho'qqisi") degan ma'noni anglatadi.[5] Puerto-Rikoda, bir tizma bo'ylab bir necha mogote pepinos deb ataladi[6].

Manbalar

tahrir
  1. „mogote - Definition of mogote in English by Oxford Dictionaries“. Oxford Dictionaries - English. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Neuendorf, K. K. E., J. P. Mehl, Jr., and J. A. Jackson, 2005, Glossary of Geology, 5th ed. American Geological Institute, Alexandria, Virginia. 779 p. ISBN 0-922152-76-4
  3. U.S. Environmental Protection Agency, 2002, A Lexicon of Cave and Karst Terminology with Special Reference to Environmental Karst Hydrology (2002 Edition). U.S. Environmental Protection Agency, Office of Research and Development, National Center for Environmental Assessment, Washington Office, Washington, D.C., EPA/600/R-02/003. 221 p.
  4. Uriarte, M.; Rivera, L.W.; Zimmerman, J.K.; Aide, T.M.; Power, A.G.; Flecker, A.S. (2004). „Effects of land use history on hurricane damage and recovery in a neotropical forest“. Plant Ecology. 174-jild. 49–58-bet. doi:10.1023/B:VEGE.0000046058.00019.d9.
  5. ASALE. „mogote | Diccionario de la lengua española“ (es). «Diccionario de la lengua española» - Edición del Tricentenario. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
  6. BALGHIN, W. G. V.; COLEMAN, A. (5 March 1965). „Puerto Rico“. Geography. 50-jild, № 3. 274–286-bet. JSTOR 40567047.

Qo'shimcha o'qish

tahrir