Monotsitlar
Monotsitlar (grekcha: μονος [mono] — bir va κύτος — hujayra) — donasiz leykotsitlar agranulotsitlarning bir turi. Koʻmikning boshlangʻich oʻzak hujayralaridan hosil boʻladi. Monotsitlar periferik qon tarkibidagi eng katta hujayra, uning hajmi 12—20 mkm. Yadrosi protoplazmaga nisbatan katta, ovalsimon, koʻpincha "taqa" koʻrinishida, rangi (neytrofil leykotsitlar va limfotsitlarnikiga nisbatan) ochroq; protoplazmasi leykotsitlarning zangori, och koʻk rangiga qaraganda och. Protoplazmada bir necha vakuolalar boʻlib, ular hujayra yadrosi atrofida joylashgan. Sogʻlom odam qonida Monotsitlar leykotsitlarning 3—10% ini tashkil qiladi. Monotsitlar fagotsitoz qilish xususiyatiga ega va qondan toʻqimaga oʻtganda makrofaglarta aylanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |