Mr. Brightside

The Killers guruhi singli (2003)

Mr. Brightside“ (tarjimasi „Janob Nekbin“) — AQShda tuzilgan „The Killers“ rok musiqa guruhining ilk eʼlon qilingan qoʻshigʻi. Guruhning debut singli boʻlib, 2004-yil chiqarilgan „Hot Fuss“ albomiga kiritilgan. Qoʻshiqni guruh aʼzolari Brandon Flowers va Dave Keuninglar yozishgan.[6] Qoʻshiq uchun ikki klip suratga olingan. Biri oq-qora boʻlib, unda guruh aʼzolari boʻsh xonada ashulani ijro etayotgani tasvirlangan. Ikkinchi klip 2001-yilda chiqarilgan „Moulin Rouge!“ filmi asosida olingan boʻlib, ashulaning qayta relizi bilan birga eʼlon qilingan. Qoʻshiq matni haqiqiy voqea asosida yozilgan boʻlib, unda solist Flowersning qiz oʻrtogʻi unga xiyonat qilganidan keyingi ahvoli tasvirlangan.[7]

„Mr. Brightside“
the Killers qoʻshigʻi
„Hot Fuss“ albomidan
B tomon
Chiqarilgan sanasi 29-sentyabr, 2003-yil(2003-09-29)
Yozib olingan 2001-2003
Studiya
Janr
Davomiyligi 3:43
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) The Killers
The Killers singllari xronologiyasi
Mr. Brightside
(2003)
„Somebody Told Me“
(2004)

„Somebody Told Me“
(2004)

Mr. Brightside (re-issue)
(2004)

„All These Things That I've Done“
(2004)
Klipi
„Mr. Brightside“ YouTubeda

Qoʻshiq ilk bor 2003-yilning 29-sentyabrida eʼlon qilingan. 2004-yilda qayta reliz qilinishi ortidan koʻproq shuhrat qozongan va AQSh va Buyuk Britaniya xit-paradlarida 10-pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona „The Killers“ guruhining AQSh eng koʻp sotilgan qoʻshigʻi boʻlib, mamlakat hududida 3,5 milliondan oshiq adadda sotilgan.[8] Buyuk Britaniyada ham 3,52 milliondan oshiq nusxada sotilgan. „Mr. Brightside“ Buyuk Britaniya singlar xit-paradida eng uzoq muddat qolgan qoʻshiqdir: 2022-yilning mart holatiga koʻra, tarona 307 hafta (yaʼni, 5 yilu 10 oy) davomida xit-paraddan tushmagan.[9] Shuningdek, ashula Buyuk Britaniyada bugunga qadar eng koʻp koʻchirib olingan 15 rok qoʻshiqning biridir.[10]

„Mr. Brightside“ qoʻshigʻini „Absolute Radio“ hamda „XFM“ radiostansiyalari „10 yillik ashulasi“ (inglizcha: Song of the Decade) deb topgan. 2010-yilning aprelida „Last.fm“ musiqa sayti „Mr. Brightside“ ashulasi sayt oʻz faoliyatini boshlaganidan beri eng koʻp eshitilgan tarona ekanini, oʻsha paytga qadar 7,66 million martadan oshiq eshitilganini maʼlum qilgan.[11] 2010-yilning oktyabrida „Total Guitar“ jurnali tuzgan „21-asrning eng buyuk gitara riflari“ (inglizcha: Greatest Guitar Riffs of the 21st Century) roʻyxatida 9-oʻrinni egallagan.[12] Shuningdek, 2010-yilda „Rolling Stone“ jurnali qoʻshiqni 21-asrning 48-eng yaxshi qoʻshigʻi deb topgan. 2021-yilda esa ayni jurnalning tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida „Mr. Brightside“ 378-oʻrinni egallagan.[13]

Manbalar

tahrir
  1. Devotta, Sam „(Un)Covered: Mr. Brightside“. idobi Radio (2017-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  2. Pareles, Jon „Arena-Rock Masters, Unafraid to Leave the Lights On“. New York Times (2013-yil 15-may). Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  3. Scarisbrick, Betsy „Review: The Killers' 'Wonderful Wonderful' is less than wonderful“. The Daily Tar Heel (2017-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  4. Rolli, Bryan „The Killers and Panic! at the Disco: How the Two Veteran Rock Bands Took the Long Way to the Top“. Billboard (2017-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  5. Partridge, Kenneth „With Hot Fuss, The Killers caused (and defined) a scene“. The A.V. Club (2015-yil 1-sentyabr). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
  6. „The History Of 'Mr. Brightside' By The Killers, 10 Years Later“. The Huffington Post (2013-yil 12-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  7. „Mr Brightside: The hit that just won't die“ (en-GB). BBC News (2021-yil 1-aprel). Qaraldi: 2021-yil 1-aprel.
  8. Paul Grein.. „Week Ending Jan. 6, 2013: The First Top 10 Hit of 2013“. Chart Watch. Yahoo Music (2013-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  9. „The Killers' 'Mr Brightside' Chalks up U.K. Chart Milestone“. Billboard.
  10. Alexandra Pollard. „'Sex On Fire' revealed as UK's most downloaded rock song ever“. gigwise.com.
  11. „The Killers Mr Brightside is most played song“. Belfast Telegraph (2010-yil 20-aprel).
  12. „Celebrity News, Gossip and Photo Galleries – HuffPost Celebrity UK“. Spinnermusic.co.uk. 2011-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-avgust.
  13. „500 Best Songs of All Time“. Rolling Stone. September 15, 2021. Qaraldi: April 28, 2022.

Havolalar

tahrir