Mudofaachilar koʻchasi (Toshkent)
Mudofaachilar koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanining „Oqqoʻrgʻon“ mahallasi hududida. Kichik halqa yoʻli va Oqqoʻrgʻon koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek |
Uzunligi | 1 km |
Avvalgi nomlari | M. P. Musorgskiy koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | shahar mudofaachilar |
Koʻchada joylashgan binolar |
„Salamandra“ supermarketi bozorcha |
1955-yil tashkil topgan. Dastlab rus kompozitori M. P. Musorgskiy (1839-1981-yillar) nomi bilan yuritilgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, 1865-yil yozidachor Rossiya imperiyasining istilosiga qarshi aynan shu joyda shahar mudofaasi tashkil etilgan. Shu bois 1994-yil 22-avgustda koʻchaga „Mudofaachilar“ nomi berilgan[1].
Yoʻnalishida „Salamandra“ supermarketi, savdo shoxobchalari, dorixona, aloqa boʻlimi, bozorcha, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Mustaqillik davrida koʻchada rekonstruksiya va obodonchilik ishlari olib borildi. Yaqinida lok-boʻyoq korxonasi va „Yoshlik“ sport majmuasi joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.