Mugʻanniy (Gʻanijon Xolmatov)

Gʻanijon Xolmatov 1949 yilning 5-fevralida Oʻsh shahrida tavallud topgan.1956-1966-yillar Narimonov, soʻng Lenin nomli shahar maktablarida oʻrta maʼlumot olgan. Maktabni bitirgach, Toshkentdagi teatr va rassomchilik sanʼati oliygohiga kirib, 1970-yil mazkur oliygohning aktyorlik boʻlimini tamomlagan. 1970-2007-yillar Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrida aktyor, rejissor va bosh rejissor boʻlib ishlagan.[2]

Mugʻanniy
Gʻanijon Xolmatov
Tavalludi 5-fevral 1949-yil
Vafoti 8-iyun 2014-yil(2014-06-08)
(65 yoshda)[1]
Oʻsh viloyati, Qirg'iziston

Ijodi tahrir

Mugʻanniyning koʻplab sheʼrlari qoʻshiq qilib aytilgan. Ular orasida Sherali Joʻrayev, Muhriddin Xoliqov, Oxunjon Madaliyev, Muhammadkarim Soipov, Dilorom Soipova kabi qoʻshiqchilar aytgan qoʻshiqlar mashxur boʻlgan.[3]

Kitoblari tahrir

  • “Suyanganim tor boʻldi” 1994-yil,
  • “Yuz pora dil” 2000-yil,
  • “Sen ketding asta-asta ” 2005-yil chop etilib, undagi sheʼr va gʻazallar hozirgacha taniqli hofizlar tomonidan ijro etilib kelinyapti.
  • "Qazo darslari" kitobchasining ikki qismi yorugʻ koʻrdi.2013-yili[2]

Vafoti tahrir

Shoir uzoq yillardan buyon qand diabeti kasalligidan aziyat chekib kelganligi sababli.[4] 2014-yilning 8-iyun kuni Oʻsh shahrida 65 yoshida vafot etdi.

Manbalar tahrir

  1. Шоир Муғанний оламдан ўтди
  2. 2,0 2,1 Mugʻanniy (1949), 2014-04-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-04-01
  3. Ўшлик шоир Муғанний оламдан ўтган.
  4. Ошто акын Ганижон Холматов дүйнө салды

Havolalar tahrir