Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi
Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi — Buxoroda saqlanib qolmagan madrasa. Oʻzbek hukmdori Amir Shohmurod (1785—1800) davrida amirning davlatni boshqarishdagi eng yaqin kishilaridan biri va harbiy vaziri — Muhammad Amin toʻpchiboshi donatorligida Buxoro amirligi poytaxtining Quyi murgʻkush guzarida bunyod etilgan. 15 hujradan iborat edi[1]. Madrasa 1925—1929-yillarda buzib yoʻq qilingan. Uning bizgacha S. M. Prokudin-Gorskiy tomonidan 1911-yilning taxminan may oylaridagi tushirilgan rangli va boshqa yillarda tushirilgan oq-qora fotosuratlari yetib kelgan[2].
Madrasa | |
Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Amin toʻpchiboshi |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Muhammad Amin toʻpchiboshi Buxoro amirligining Xurosondagi mavqeini mustahkamlashda faol qatnashadi. Ayniqsa, Marvda Bayramalixondan keyingi notinchliklarni bartaraf etishda uning xizmati katta boʻlgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Jumanazar 2017.
- ↑ „Медресе Мухаммад Амин тупчибоши“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.