Muhammad Aminxoja madrasasi
Muhammad Aminxoja madrasasi Ushbu madrasa Obiravon guzarida joylashgan bo‘lib, 8 hujrasi inqilobga qadar buzilib ketgan. Bu madrasa xalq orasida Dumba jushak nomi bilan ham mashhur bo‘lgan.
Muhammad Aminxoja madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirMuhammad Aminxoja Mirzo Husayn tomonidan hijriy 1103-yili (1691 — 1692) hukumatga qarashli hovli ichkarisiga qurilgan. U, asli, Chorjo‘ydan edi. Buxoroga kelib ilm o‘rganadi, saroy ishlariga xizmatga kiradi. Abulfayzxon zamonida naqiblik lavozimiga ko‘tariladi, so‘ngra Chorjo‘y hokimi lavozimiga tayinlanadi. Bir hujjatda Xalifa Xudoyberdi madrasasining mulla Shonam ismli mudarrisi Muhammad Aminxoja madrasasida hoji Abduvohidning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tishi maʼlum qilinadi. Unda mudarris maoshi 15 tilla deb ko‘rsatilgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 378.