Muhammad Aminxon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (185255). Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan qalʼaning gʻarbiy qismida joylashgan. 1852—1855-yillarda oʻzbek hukmdori Muhammad Aminxon mablagʻi va farmoni bilan barpo etilgan. Muhammad Aminxon madrasasi boshqa Xiva madrasalariga nisbatan eng katta va koshinli qoplamaga ega.

Madrasa
Muhammad Aminxon madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xorazm viloyati
Shahar Xiva
Manzil Boltayeva koʻchasi, 41-uy
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Xorazm viloyati Madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik 18521855-yillar
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida
Holati Ichan qalʼa muzey qoʻriqxonasi
Qurilish materiali Pishiq g'isht

Ichan-qal’aning bir qismi sifatida 1990-yilda YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan. Hozirgi vaqtda u turistlarga xizmat koʻrsatish va koʻrgazma maydoni sifatida foydalaniladi. Xiva turistik majmuasi mehmonxonasi joylashgan.

Tarixi tahrir

Xivada yigirmadan ortiq madrasalar saqlanib qolgan[1]. Madrasa qurish Xiva xonlarining muqaddas burchi hisoblangan. Muhammad Aminxon madrasa qurish uchun 1851-yilda tanlov eʼlon qiladi. Tanlovda ustaboshi Abdulla „jin“ chizgan loyiha xonga manzur boʻladi[2].

Xorazm hukmdori Muhammad Aminxon (1846—1855) hukmronligining toʻrtinchi yilida Ichki qal’aning gʻarbiy darvozasi roʻparasida madrasa va minora qurishni boshlashni buyurdi. Madrasa qurilishi uch yilda tugallandi[3].

1852-yilda Muhammad Aminxon madrasasida muhtasham minora qurilishi boshlandi, xon rejasiga koʻra, balandligi boʻyicha Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan barcha minoralardan oshib ketishi kerak edi. U qurilishi tugallanmagan (shuning uchun „qisqa minora“ deb nomlangan) qolgan va hozir Kalta minor deb ataladi[4].

Madrasada davrning bir qancha mashhur shaxslari Laffasiy, Mutrib Xonaxarobiy, Soʻfiy va boshqalar tahsil olgan.

1979-yildan Muhammad Aminxon madrasasi Matniyoz devonbegi madrasasi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat koʻrsatishga moslashtirilgan Xiva turistik majmuasini tashkil etilgan. Birinchi binoda mehmonxona, ikkinchisida restoran joylashgan.

1990-yilda madrasa Ichan-qal’aning boshqa yodgorliklari qatori YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Madrasa pishgan gʻishtdan qurilib, devorlarining qalinligi 1,5 metrga yetadi. Madrasa 2 qavatli, 130 hujradan iborat boʻlib, tarixiy maʼlumotlarga asosan unda bir vaqtning oʻzida 260 nafar talaba tahsil olgan[5].

Meʼmorchiligi tahrir

Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatidagi hujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilar ayvonli. Bu uslub Xiva madrasalari meʼmorligida ilk bor shu binoda qoʻllanilgan. Ayvonlarning qurilishi sodda, hovlining umumiy meʼmorligiga moye. Ikki qavatli ayvonlardagi qanoslar va qarama-qarshi qoʻyilgan peshtoqlar sirkor parchinlar bilan naqshlangan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan berkitilgan. Sharqiy qanotidagi masjid va gʻarbiy qanotidagi darsxonaning gumbazlari burchaklaridan chiqarilgan toqili qiya sathbagʻalga qoʻyilgan. Peshtoqining 6 qirrali kurkam ravogʻi ham sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Masjidning baland gumbazi peshtokidan ancha yuqori koʻtarilib turadi. Madrasaning baland va bezakdor peshtoqi oʻziga xos mayda ravoqchalarga boʻlingan, burchaklaridagi mezanali guldastalar binoga salobat va goʻzallik bagʻishlaydi. Binoda Xiva meʼmorlik maktabiga xos uslublarning eng yaxshi namunalari qoʻllangan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 2 oshyonli, 5 gumbazli boʻgʻimlarga ajratilgan. Yogʻoch oʻymakorligida ishlangan eshik va panjaralar noyob sanʼat asari hisoblanadi. Umumiy tarhi – 77×60,0 m; hovli 38,0×38,0 m; masjid 9,4×8,4 m; darsxona 5,6×5,6 m. Madrasa taʼmirlanib, mehmonxona uchun moslashtirilgan, oʻtmishda yirik oʻquv dargohi va shahar devonxonasi boʻlgan[6]. Madrasa kichik yogʻoch koʻprik orqali Kalta Minor bilan bogʻlangan.

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. Pugachenkova G. A. Termez, Shaxrisyabz, Xiva. – M. : Iskusstvo, 1978. – 206 p.
  2. Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 17 bet. 
  3. Abduxalikov F. F. Arxitekturnaya epigrafika Uzbekistana. Toshkent, Uzbekistan today, 2015. 43-70-bet
  4. Arxitektura Sredney Azii. Vseobщaya istoriya arxitekturi v 12 tomax: Arxitektura stran Sredizemnomorya, Afriki i Azii VI—XIX vv: v 12 t. Moskvab Izd-vo lit-ri po stroitelstvu, 1969. – T. 8. – 341-342-b
  5. „Muhammad Aminxon Madrasa“. Qaraldi: 6 oktyabr 2023.
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar tahrir

  • Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 45 bet.