Shayx Muhammad Gʻazzoliy (arabcha: الشيخ محمد الغزالي السقا)(1917-yil 22-sentyabr, Misr — 1996-yil 9-mart, Saudiya Arabistoni) — Islom dini va uning muqaddas kitobi Qurʼonni zamonaviy uslubda tushuntirishga intilgan asarlari bilan keng muxlislar orttirgan misrlik islom olimi. U Misrda islom dinining tiklanishiga hissa qoʻshganligi haqida ham maʼlumotlar bor[1]. Boshqa manbalarda uni “musulmonlar dunyosidagi eng hurmatli shayxlardan biri” deb ham atashgan.

Muhammad Gʻazzoliy
Tavalludi 22-sentyabr 1917-yil
Vafoti 9-mart 1996-yil(1996-03-09)
(78 yoshda)
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Fuqaroligi  Misr
Taʼlimi Al-Azhar universiteti
Kasbi Islom olimi va ulamosi
Turmush oʻrtogʻi Amina Kouta
Mukofotlari • Misr Respublikasining birinchi ordeni;
• Qirol Faysal mukofoti;
• Pokistonning “Aʼlo darajadagi mukofoti”.

Hayoti

tahrir

Muhammad Gʻazzoliy 1917-yilning 22-sentyabrida Iskandariya qirgʻoq qismidan janubi-sharqda, Buhayro gubernatorligining Nikla al-Inab (arabcha: نكلا العنب) kichik shaharchasida tavallud topgan. 1941-yilda Al-Azhar universitetini bitirgan[2]. Makkadagi Umm ul-Quro universiteti, Qatar universiteti va Jazoirdagi “al-Amir Abd al-Qadir” Islom fanlari universitetida dars bergan.

Ish va mukofotlari

tahrir

G‘azzoliy Qohiradagi Xalqaro islom tafakkuri instituti ilmiy kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari G‘azzoliy 60 da ortiq kitoblarning muallifi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi turli tillarga tarjima qilingan.

Bundan tashqari u koʻplab mukofotlar, jumladan, Respublikaning birinchi ordeni (Misr, 1988-yil), Qirol Faysal mukofoti (1989-yil) va Pokistonning “Aʼlo darajadagi mukofoti” sohibi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti va vafoti

tahrir

Muhammad Gʻazzoliy Amina Kouta ismli ayol bilan turmush qurgan boʻlib, ularning 7 nafar (2 nafar o‘g‘il va 5 nafar qiz) farzandlari boʻlgan. Gʻazzoliy 1996-yilning 9-mart kuni Saudiya Arabistoning poytaxti Ar-Riyod shahridagi boʻlayotgan ilmiy konferensiyada maʼruza qilayotgan paytida yuruk xurujidan vafot etgan[1] va Saudiya Arabistonining Madina shahriga dafn etilgan. U Misrda mashhur shayx bo‘lgan va vafotidan keyin ham shunday bo‘lib qolgan.

Ilmiy ishlari

tahrir

Gʻazzoliy 94 ta kitoblarning muallifi. Uning baʼzi kitoblarida quyidagilar mavjud[1]:

  • Islom va zamonaviy iqtisodiyot;
  • Islom va siyosiy despotizm;
  • “Xristianlik va Islom o'rtasidagi fanatizm va tolerantlik” nomli ensiklopediya asarlari;
  • Fiqh Al Seerah;
  • Qurʼon haqida Tafsir;
  • Laisa Minal Islom (Islomdan emas);
  • Maʼrifiy merosimiz;
  • Hayotingni yangila;
  • Islom va xotin-qizlar masalasi;
  • Paygʻambar sunnati: Huquqshunoslar va hadis olimlari oʻrtasida (As-sunnatun nabaviyyatu bayna ahlil fiqhi va ahlil hadis)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Jehl, Douglas. „Mohammed al-Ghazali, 78, An Egyptian Cleric and Scholar“ (Ingliz). The New York Times (14-mart 1996-yil). Qaraldi: 22-mart 2024-yil.
  2. Jehl, Douglas. „Mohammed al-Ghazali, 78, An Egyptian Cleric and Scholar“ (en-US). The New York Times (1996-yil 14-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.

Havolalar

tahrir