Muhammad Mirolim Buxoriy
Muhammad Mirolim Buxoriy (XIX asr) — buxorolik tarixchi olim.
Amir Nasrulloh (1827—1860) davrida Gʻuzor hokimi Muhammad Olimbekning xizmatida boʻlgan va uning topshirigʻi bilan „Fathnomai Sultoniy“ („Sulton fath-nomasi“) tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U Amir Shohmurod (1785—1800) davridan to Amir Nasrulloh hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida boʻlib oʻtgan voqealarni oʻz ichiga oladi. Amir Shohmurodning Afgʻoniston hukmdori Temurshohga qarshi harbiy yurishlari tasvirlangan. Muarrix Amir Nasrulloh davri voqealarini batafsil yoritadi. Uning vafoti tufayli asarning 2-qismi yozilmagan. „Fathnomai Sultoniy“ning Muhammad Murod Samarqandiy. „Rustam filni oʻldirishi“ (16-asr oxiri, Firdavsiyning „Shohnoma“ asariga ishlangan).
1-qismi O. Chexovich tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (lekin, nashr etilmagan). Asar qoʻlyozmasi va ruscha tarjima Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Adabiyot
tahrir- Saidqulov T., Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar, T., 1993; Ahmedov B., Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 2001.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |