Said Ahroriy, Muhammad Said Abdurashidxoʻja oʻgʻli Ahroriy (1895, Makka — 1931.25.4, Moskva) — jamoat arbobi, jurnalist. Asli xoʻjandlik boʻlib, Turkiston ruslar tomonidan zabt etilgach, ota-onasi Makkaga, undan Turkiyaning Istanbul shahriga koʻchib borgan. S.A. 1911—12 yillarda "Turon taʼmimi atfol" jamiyatida masʼul kotib. Ismoil Gasprinskiy va Mahmudxoʻja Behbudiy bilan uchrashdi (1912). Birinchi jahon urushida ishtirok etdi. 1917-yil Fevral inqilobidan keyin Toshkentga kelib, maktablarda dars bera boshladi. "Turk soʻzi" gaz. muharriri (1917). S.A., Muhammad Sayd, Tayfun, Qoyaalp taxalluslari bilan gaz. va jur.larda sheʼr, maqolalar yozdi. Buxoro davlat nashriyoti rahbari, "Ozod Buxoro" gaz. maʼsul muharriri, BXSRning Ozarbayjondagi siyosiy vakili (1920—21). Uning "Buxoro joʻgʻrofiyasi" (Yoqubov bilan hamkorlikda, 1923), "Xotin-qizlarga tortiq" (1924), "Oʻzbek atamalari lugʻati" (1926) kitoblari chop etilgan, dramasi (1929) oʻzbek drama teatrida qoʻyilgan. 1930-yil "Milliy ittihod" tashkilotiga aʼzolikda ayblanib hibsga olingan. 1989-yil oqlangan. Istiqlol munosabati bilan S.A.ning Tanlangan asarlari nashr etildi (2001). Ad:. Ahrorova H., Izlarini izlayman, T., 1998.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil