Muhammad Sharif (Buxoro amirligi)

Buxoro amirligining harbiy va davlat arbobi, diplomat, devonbegi, bosh zakotchisi (moliya vaziri)

Muhammad Sharif (1837-yil, Buxoro1888-yil, Buxoro, Buxoro amirligi) — Buxoro amirligining harbiy va davlat arbobi, diplomat, devonbegi[1], bosh zakotchisi (moliya vaziri)[2]. Muhammad Sharif amir Said Abdulahadxonning eng yaqin maslahatchisi boʻlib, inoq[1] mansabiga ega boʻlgan. Butun mamlakat va amirning oʻzi inoqni otasi Muhammadbiydan soʻng Buxoro amirligi qoʻshbegisi lavozimining boʻlajak vorisi deb hisoblashgan.

Muhammad Sharif
Bosh zakotchi
Mansab davri
1885 – 1888
Hukmdor

Amir Muzaffar

Amir Abdulahadxon
Avvalgisi Muhammadbiy
Keyingisi Ostonaqul qoʻshbegi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1837-yil
Vafoti 1888-yil 22-mart
Fuqaroligi Buxoro amirligi
Millati fors
Bolalari Ostonaqul qoʻshbegi
Haydarqulbiy
Latifbek
Onasi Amir Nasrullohning sobiq choʻrisi
Otasi Muhammadbiy

Tarjimayi holi tahrir

Muhammad Sharif 1837-yil Buxoroda tavallud topgan. Otasi Muhammadbiy amir Muzaffarning eng ishonchli kishilaridan biri boʻlib, quldan to Buxoro amirligi hukumati rahbari darajasiga koʻtarilib, Buxoro amirligi qoʻshbegisi lavozimini egallagan.

 
Muhammad Sharif (chapdan toʻrtinchi)

Inoq amir Muzaffar davrida Buxoroning bosh zakotchisi va shahar hokimi vazifasida faoliyat yuritgan[3]. Buxoroda Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi ochilgandan soʻng Muhammad Sharif bosh zakotchilikdan tashqari, Buxoro amirligi hukumati bilan siyosiy agentlik oʻrtasidagi aloqalarga mas’ul vakil hisoblangan[3]. 1888-yil 21-mart ertalab soat 8 da Muhammad Sharif ikki xizmatkori bilan Karmana amlokdori, kelib chiqishi afgʻon boʻlgan Gʻoyib Nazar uyiga tashrif buyuradi[3]. Mexmonxonada inoq amlokdorga nojoʻya xatti-harakatlari uchun mol-mulki musodara qilinganligi haqida amirning farmonini hamda amir tomonidan shafqat qilinganligini eʼlon qiladi, amlokdor inoqning soʻzlarini tinglab boʻlgandan soʻng, inoqni „it, shia, sotqin“ deya toʻpponcha (revolver) dan ikki marta oʻq uzib, yaralaydi. Natijada inoq yarador holida Buxoroga olib kelinadi[1]. 22-mart kuni ertalab soat 6 da inoqga oʻsha vaqtda Buxoroga xizmat safari bilan kelgan Kaspiyorti temir yoʻli quruvchisi, general-leytenant Mixail Annenkov joʻnatgan shifokor Oskar Geyfelder tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etadi[1]. Inoqning vafotidan xabar topgan amir Muhammadbiyga hamdarlik nomasi yuborib, inoqni hech qachon xizmatkor sifatida emas, balki oʻzining akasi oʻrnida koʻrganini taʼkidlaydi. Amirning buyrugʻiga koʻra, qotilni jazolash inoqning qarindoshlariga beriladi[3]. Qotil ot dumiga bogʻlanib, shahar koʻchalari boʻylab odamlar koʻz oʻngida aylantirilgan. Undan soʻng esa qoʻl-oyoqlarini sindirilib, itlarga yem qilish uchun shahar tashqarisiga chiqarib tashlanadi[1]. Inoqning oʻgʻillari Ostonaqulbiy, Haydarqulbiy, Latifbeklar ham amirlikda turli lavozimlarda faoliyat yuritishgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Nedavnyaya tragediya v Buxare“ (rus tilida). Istoricheskiy vestnik, № 5. (1892). 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  2. Andrey Nedvetskiy. „Praviteli Buxari“ (rus tilida) (2018-yil 21-dekabr). 2022-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy. „Tarixi salotini mangʻitiya“ (rus tilida). Moskva. Izdatelstvo vostochnoy literaturi (1962). 2022-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.