Muhammad Sharif savdogar madrasasi
Muhammad Sharif savdogar madrasasi— Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Muhammad Sharif savdogar madrasasi 1777-yilda Gʻoziyon guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Doniyolbiy davrida, Muhammad Sharif savdogar tomonidan bunyod etilgan. Ushbu madrasa toʻrtinchi darajadagi oliy toifaga mansub boʻlib, Buxorodagi eng mashhur madrasalardan biri hisoblangan. Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra ushbu madrasaning yillik mablagʻi 60 ming tangani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasada sovet davriga qadar dars oʻtilgan. Vaqf hujjati maʼlumotiga koʻra Muhammad Sharif savdogar pishiq gʻishtdan koʻp hujrali va xom gʻishtdan sinchli alohida kichik madrasa bunyod ettirgan. Muhammad Sharif savdogar ushbu madrasa uchun Koʻli Malik mavzelari, Xayrabod, Komi Abu Muslim, Qorakoʻl, xazrati Ubbon uchun 5 ming tanobdan ortiq yerni vaqf qilgan. Manbalarga koʻra Muhammad Sharif savdogar ashtarxoniy Abulfayzxon davrida va keyingi davrlarda katta savdogar boʻlib, u Shayx Hazrati Imloning muridi boʻlgan. Madrasa qurilishi bilan bogʻliq bir qator rivoyatlar ham mavjud. Rovoyatlarga koʻra, Muhammad Sharif bir koʻzacha oltin topib olgan va uni ustoziga olib borgan. Ustozi u oltinni olmaydi va muridiga bu boylikni biror ishga sarflashni maslahat beradi[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 92 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Muhammad Sharif savdogar madrasasi 92 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Muhammad Sharif savdogar madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Muhammad Sharif savdogar |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Sharif savdogar |
Asosiy sana: 1777-yil
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 92 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.