Muhammad al-Bardaʼiy
olim
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad al-Bardaʼiy at-Tabriziy, al-Hanafiy (Muhyiddin) (Bodirnada hijriy 927-yil (milodiy 1521-yil)da vafot etgan) — baʼzi ilm sohalarida faoliyat olib borgan olim. Rum hukmdorlaridan boʻlgan. Padari buzrukvori va boshqalardan saboq olgan. Sheroz va Hirotga borib, u yerdagi baʼzi ulamolardan ilm oʻrgangan. Soʻngra Rum oʻlkasiga borib, Brusa shahridagi Ahmad posho madrasasida, keyinchalik Bodirnada dars bergan.
Muhammad al-Bardaʼiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 1521-yil (hijriy 927-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | olim |
Asarlari
tahrir- „Havoshala tafsiri-l-Bayzoviy“ („Bayzoviy tafsiriga hoshiya-izohlar“);
- „Havoshala hoshiyati sharhi-t-tajrid“ (Sayyid Sharifning „Hoshiyatu sharhi-ttajrid“ asariga hoshiya-izohlar");
- „Havosh ala-t-talvih“ („at-Talvih“ asariga hoshiya-izohlar");
- „Sharhala odobi-l-bahs“ ("Uzduddinning „Odobu-l-bahs“ asariga sharh")[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 162-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |