Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy (arabcha: محمد بن علي ميمرغي — Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy — Toʻliq ismi: Abu Mushhid Muhammad ibn Ali ibn Muhammad Maymurg‘iy Nasafiy (vafoti 535/1141-yil)) — Muhaddis va roviy.
Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1141-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis,roviy |
Hayoti
tahrirMuhammad ibn Ali Maymurg‘iy zohid, solih, vazmin purviqor kishi bo‘lib, ahli ilmlardan bo‘lgan. Xalq orasida solih kishilardan deb yuritilib, hadis ilmi borasida ishonchli kishilardan hisoblangan. Buxoroda istiqomat qilgan. Abulyusr Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn Pazdaviy, Abu Bakr Muxammad ibn Hasan ibn Mansur Nasafiy, Abu Ato ibn Ahmad Harviy kabi allomalar unga hadis rivoyat qilishga ruxsat berishgan. [1]
Vafoti
tahrirMuhammad ibn Ali Maymurg‘iy 535/1141-yilda vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 363.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |