Muhammadali Roʻziyevich Aliqulov (ruscha: Мухаммадали Аликулов; 14-mart 1997-yil, Qashqadaryo) – Oʻzbekistonlik futbolchi. Janubiy Koreyaning K-2 ligasida ishtirok etuvchi „Busan IPark“ jamoasida markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi[1].

Muhammadali Aliqulov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Muhammadali Roʻziyevich Aliqulov
Tavallud sanasi 14-mart 1997-yil (1997-03-14) (27 yosh)
Tavallud joyi Qashqadaryo Oʻzbekiston
Boʻyi 1.86 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Busan IPark
Raqami -
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013—2017 Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 Mashʼal-2 - (-)
2018 Shoʻrtan - (-)
2019—2021 Mashʼal 25+ (0)
2022—2023 Metallurg 30 (0)
2024— Busan IPark - (-)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Muhammadali futboldagi bilimlarini Mash’al futbol akademiyasida olgan. 2016-2017-yilgi mavsumlarda Muborakning „Mash’al“ jamoasining farm jamoasi „Mash’al-2“ jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi tarkibida Oʻzbekiston Pro A ligasida oʻynagan. 2019-yilgi mavsumda Muborakka qaytdi va asosiy jamoa, „Mash’al“ klubi tarkibida oʻynashni boshlagan. 2019-yilgi mavsumda klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va Pro liga gʻolibi boʻishida katta hissa qoʻshdi. Muborak jamoasi uch mavsum oʻynaganidan soʻng 2022-yilgi mavsum oldidan Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Bekobod jamoasida ikki mavsum davomida oʻynagan va Oʻzbekiston Superligasi msuoboqasida 30 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2023-yilgi mavsum yakunida bir necha Koreya ligasi jamoalari tomonida Aliqulovga qiziqish mavjudligi toʻgʻrisida OAVda maʼlumotlar tarqaldi[2]. 2024-yil yanvar oyida Kareya K 2 ligasida ishtirok etuvchi „Busan IPark“ jamosi bilan shartnoma imzolagan[3][4].

Yutuqlar tahrir

Shaxsiy hayot tahrir

Muhammadali Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning „Çaykur Rizespor“ klubi aʼzosi Husniddin Aliqulovning akasidir[2]. Husniddin ham akasi kabi markaziy himoyada oʻynaydi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir