Muhammadali Ikramov

oʻzbekistonlik vikimediachi (2004–2024)

Muhammadali Ikramov (toʻliq ismi: Muhammadali Toʻlqinjonovich Ikramov; 2004-yil 16-aprel, Denov tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston2024-yil 19-iyun, Chilonzor tumani, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek internet faoli, oʻzbekcha Vikipediya maʼmuri. Oʻzbekcha Vikipediyada Salazarov nomi ostida faoliyat olib borgan. Deyarli 600 ta maqola va 5 mingdan ziyod sahifalarni yaratgan, mingdan ortiq maqolalarni, vikima’lumotlardagi 3 mingga yaqin maʼlumotlarni, umumiy hisobda, Vikimedia jamg‘armasi loyihalarida 26 mingdan oshiq tahrirni amalga oshirgan[1][2][3].

Muhammadali Ikramov
WikiOromgoh-4 7065 15.jpg
Tavalludi 16-aprel 2004-yil
Vafoti 19-iyun 2024-yil(2024-06-19)
(20 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Kasbi oʻzbek internet faoli, oʻzbekcha Vikipediya maʼmuri
Faoliyat yillari 2022—2024

Hayoti

tahrir

Muhammadali Ikramov 2004-yil 16-aprelda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tugʻilgan[1]. Denov tumanida joylashgan oʻrta maktabni tugatgach[4], 2021-yil Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti filologiya va tillarni oʻqitish mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilingan[2][3][5].

Oʻlimi

tahrir
 
Muhammadali Ikramov qabri

2024-yil 19-iyun kuni Muhammadali Ikramov baxtsiz hodisa tufayli halok boʻlgan[2][6]. Shu kuni Ikramov ikki nafar kursdoshi bilan taxminan soat 12:10 larda Boʻrijar kanalining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidan oqib oʻtuvchi qismiga choʻmilishga borgan[7]. Kanaldagi suv oqimining tezligi va sovuqligi tufayli Ikramov suzib chiqa olmay, oqib ketgan[8]. Shu kunning oʻzidayoq Toshkent shahridagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchi g‘avvoslar guruhi tomonidan tezkor-qidiruv natijasida Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasidagi „Toshkent Gidroelektrstansiyalari“, „Bo‘rijar“ 4-GES hududidan Ikramovning jasadi topilgan. Muhammadali Ikramov 2024-yil 21-iyunda oʻz tugʻilgan joyi Denov tumanida dafn qilingan[manba kerak]. Bir necha oy avval Boʻrijar kanalida choʻkib ketgan 3 nafar chet el fuqarosi haqidagi xabar internetda eʼlon qilingan edi[9][10].

Vikipediyadagi faoliyati

tahrir

Muhammadali Ikramov 2022-yil 13-may kuni dastlab inglizcha Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, qisqa vaqt ichida Vikipediyaga maqolalar joylashni oʻrgandi[1]. Soʻngra oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar yaratishni boshlagan. Muhammadali Ikromov WikiStipendiya marafonining birinchi mavsumida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan kuchli oʻnlikdan oʻrin egallagan. Vikipediyaning qonun-qoidalarini yaxshi bilgani hamda sifatli maqolalar yaratgani sababli o‘zbekcha Vikipediya foydalanuvchilari bergan ovozlar asosida 2023-yil 25-iyun kuni o‘zbekcha Vikipediya administratorligiga saylangan[1]. Ikromov Vikipediyadagi qisqa faoliyati mobaynida „GIF qisqartmasi talaffuzi[1] va „Yoʻtal siropi mojarosi[11] kabi yaxshi maqolalar muallifi boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Bo‘rijarga cho‘kib ketgan talaba o‘zbekcha Vikipediya admini ekani ma’lum qilindi“. kun.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri halok boʻldi“. platina.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  3. 3,0 3,1 „O‘zbekcha vikipediya ma’muri Bo‘rijar kanalida cho‘kib, halok bo‘ldi“. xabardor.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  4. „Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri halok boʻldi“. ogoh.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  5. „O‘zbek vikipediyasiga katta hissa qo’shgan 20 yoshli yigit halok bo’ldi“. anhor.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  6. „Jahon tillari universitetining talabasi choʻkib vafot etdi“. uz24.uz (2024-yil 19-iyun). 2024-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  7. „Toshkentda Bo‘rijar kanaliga cho‘milishga borgan talaba cho‘kib ketdi“. kun.uz (2024-yil 20-iyun). 2024-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  8. „Toshkentda talaba „Boʻrijar“ kanalida choʻkib, vafot etdi“. qalampir.uz (2024-yil 20-iyun). 2024-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  9. kunu.uz „Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-noyabr.
  10. uz, Daryo „Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketganlar chet el fuqarolari ekani ma’lum qilindi“ (uz-latn). Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-noyabr.
  11. „Bo‘rijar kanalida oqib ketib vafot etgan talaba o‘zbekcha vikipediya ma’muri ekani ma’lum bo‘ldi“. aniq.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.