Muhammadjon Tinishboyev
Muhammadjon Tinishboyev,(1879.12.5, Yettisuv viloyati – 1938.20.4) – davlat va jamoat arbobi, tarixchi olim. Turkiston muxtoriyati hukumatining 1bosh vaziri (1917-yil noyabr—dek.) va ichki ishlar vaziri (1917-yil noyabr – 1918-yil fevral). Alash Oʻrda hukumatining ichki ishlar vaziri (1917-yil dekabr—1920-yil mart). Peterburg temir yoʻl transporti muhandislari intini tugatgan (1906). 2Davlat dumasi deputati (1907-yildan). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteta aʼzosi (1917). Turkiston Reyepublikasi suv xoʻjaligi boshligʻi (1922), Yer sugʻorish boʻlimi boshligʻi (1924). Toshkentdagi qozoq xalq maorif institutida turkiy xalqlar tarixi, matematika, kimyo va fizikadan dare bergan (1920—25). Yettisuv gubernyasi (oblasti) ijroiya komiteti temir yoʻl boʻlimi boshligʻi (1926). Turkiston – Sibir (Turksib) magistralida turli lavozimlarda ishlagan (1927— 30). 1930-yil 3-avgustda sovet rejimi tomonidan qamoqqa olingan, 3 yilga surgun qilingan (1932— 35). Guryev – Kandigach temir yoʻlda ishlagan (1935— 37). Toshkentda qayta qamoqqa olinib (1937-yil 21-noyabr), otib tashlangan. 1959-yiloʻlimidan soʻng oklangan. T. turkiy xalklar tarixiga oid koʻplab asarlar, jumladan, „Qirgʻiz-qozoq xalqi tarixiga oid materiallar“ (rus tilida, T., 1925), „Turkmoʻgʻul tarixi“ (1923) va boshqa muallifi.
Muhammadjon Tinishboyev | |
---|---|
qozoqcha: Мұхаметжан Тынышбайұлы | |
Turkiston muxtoriyatining vaziri-raisi | |
Mansab davri 1917-yil 28-noyabr – 1917-yil 12-dekabr | |
Oʻtmishdoshi | Tashkil etilgan |
Vorisi | Mustafo Choʻqay |
Turkiston muxtoriyati ichki ishlar vaziri | |
Mansab davri 1917-yil 28-noyabr – 1917-yil 12-dekabr | |
Oʻtmishdoshi | Tashkil etildi |
Vorisi | Bekor qilindi |
Alash Oʻrda Muvaqqat Xalq Kengashi aʼzosi | |
Mansab davri 1917-yil 10-dekabr – 1920-yil 5-mart | |
Hukumat boshligʻi | Alixan Bukeyxanov |
Rossiya imperiyasi Davlat Dumasi deputati | |
Mansab davri 1906-yil 27-aprel – 1906-yil 22-iyul | |
Monarx | Nikolay II |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-may 1879-yil Jilandi togʻ etaklari, Makanchi-Sadirovskaya volosti, Lepsinskiy tumani, Semirechensk viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
21-noyabr 1937-yil (58 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Millati | Qozoq |
Siyosiy partiyasi | Alash |
Taʼlim | Verniy erkaklar gimnaziyasi, Imperator Aleksandr Ⅰ Sankt-Peterburg davlat aloqa universiteti |
Dini | Islom |
Ilmiy unvoni | mexanika, muhandislik, temir yo'l muhandisligi |
Xizmat yillari | 1917-1920 |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |